Kara Kitap – Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sohibi Orhan Pamuk qalamiga mansub boʻlgan bir roman. Ushbu roman 1990-yilda chop etilgan. Pamukning ushbu romani dunyo boʻylab keng tarqalgan boʻlib, koʻplab tillarga tarjima qilingan va Pamukning obroʻsini adabiyot dunyosida yanada yuksakka koʻtargan. Ushbu kitobdan bir necha yil oʻtgach, Nüket Esen „Kara Kitap Üzerine Yazılar“ nomli tanqidiy asarini nashr etgan. Ushbu asar taniqli tanqidchilarning „Qora kitob“ haqidagi qarashlarini ham oʻz ichiga oladi. „Kara Kitap Üzerine Yazılar“da ingliz tanqidchisi bunday zerikarli kitobni faqat fransuzlar sevishi va oʻqishi mumkinligi va shvedlar oʻzlarining mashhur mukofotlarini berishlarini kinoya bilan yozganlar. Bu bashorat haqiqat boʻlib chiqdi. Kitob Fransiyada eng ommabop boʻlgan va Nobel hakamlar hayʻati mukofot eʼlon qilinganidan soʻng, ushbu kitobdan taʼsirlanganliklari taʼkidlab oʻtilgan[1].

Kara Kitap
Muallif(lar) Orhan Pamuk
Mamlakat Turkiya
Til turkcha
Janr(lar)i Roman
Nashr etilgan sanasi 1990-yil
Nashriyot Can Yayınları / İletişim Yayınları / Yapı Kredi Yayınları
ISBN ISBN 975-470-453-8

Romanning bosh qahramoni Istanbulda istiqomat qilgan Galip ismli bir advokat. Kunlardan bir kuni Galipning xotini Rüya unga bir maktub qoldirib ketadi. Advokat shaharda kezib, xotinining qayerda ekanligi haqida surishtiruv olib boradi. Xotinining „Milliyet Gazetesi“da yozuvchi boʻlib ishlaydigan ukasi Celalning birdan yoʻqolganligi haqida bilib qoladi. Galipning surishtiruv ishlari natijasida Celalning yangidan chop etilgan, Istanbul va uning tarihi haqidagi katta hajmdagi va adabiy maqolalari haqida oʻrganadi. Bir muddat soʻng, Galip Celalning qanday yerlarda yashashi mumkinligini aniqlashiga va topishiga ishonadi. Natijada, Celalning maxfiy doirasini topadi va u yerga yerlashadi. Biroz vaqt oʻtgach, Galip Celalning kiyimlarini kiyishni va uning maqolalarini yozishni boshlaydi. Bu harakatlarning hammasi Galip yoshligidan beri havas qilib kelgan jurnalisti Celalning oʻrnini egallashi, oʻzini u kabi tutishni xohlashi va maqolalar yozishi uchun qilingan edi. Bu Galip uchun „Celal“ boʻlish fursati edi. Galip uzoq muddat oʻtgach, Rüyani qidirishdan voz kechadi. Jurnalist Celal kabi BBC podkastidan kelgan kishilar bilan reportaj tayyorlashni boshlaydi. Celal bilan Rüyani yoʻlda bir qotil otib tashlaydi. Ularning oʻlimidan soʻng Galip advokatlik faoliyatini davom ettiradi va Celalning oʻrniga ham maqolalar yozishni davom ettiradi[2].

Faktlar

tahrir

Romanning janri – dedektiv. Tahsin Yücel kitobning romantik janrdagi asar emasligini taʼkidlagan. U „Asardagi jumlalarni kamaytiring, maʼnosi oʻzgarmaydi, baʼzi jumlalar qoʻshing, baribir biron oʻzgarish yuz bermaydi“ – deb fikr bildirgan. Orhan Pamuk esa kitobda „Oʻz ovozimni topdim“ – deb aytgan. Asar Nobel mukofotiga sazovor boʻlganidan keyin Horace Engdahl Pamukning gʻarb adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatganligini aytgan. Hatto, Orhan Pamuk boshida kitobni 101 bobdan iborat holda yozishni rejalashtirgan. Asar Columbiya universiteti kutubxonasida ingliz tilidagi nusxasi saqlanadi. Orhan Pamuk: „Insonlar hech qachon oʻzlaridek yashashga bardosh bera olishmaydi. Har doim boshqa insondek boʻlishni orzu qilishadi“.

Qahramonlar

tahrir

Galip – advokat. Asar bosh qahramoni.

Celal – asar boshida ismi Mehmet. Mavlono Jaloliddin Rumiyga qiyosan Celal deb yuritilgan.

Rümiy – Uy bekasi va omadsiz tarjimon[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Orhan Pamuk'un yazarlığı“. Milliyet. 30 kasımda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Kara Kitap - Orhan Pamuk - Kitap İncelemesi“. kitapdiyari.com. 2024-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-avgust.
  3. „Kara Kitap - Orhan Pamuk - Kitap İncelemesi“. kitapincelemesi.com. 2024-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-avgust.