Karageorgiyevichlar - Serbiyada 1808—13, 1842 — 58 yillarda knyazlar sulolasi, 1903 y.dan qirollar sulolasi, keyinchalik serblar, xorvatlar, slovenlar qirolligi (1918—29) va Yugoslaviya (1929—45, amalda 1941 y.gacha hukmronlik qilishgan)dagi hukmron sulola. Usmonli turklarga qarshi 1-serb qoʻzgʻoloni (1804—13) rahbari Karageorgiy 1808—13 yillarda Serbiya hukumati boshligʻi (oliy knyaz) boʻlgan. U "xalq yoʻlboshchisi" deb nom olgan va K. sulolasiga asos solgan. Asosiy vakillari: Karageorgiy (sulola asoschisi), Petr I (1903—21 yillarda qirol), Aleksandr I (1921—34 yillarda qirol), Petr II (1934 y.dan qirol), 1941 y. Yugoslaviyaga fashistlar Germaniyasi va Italiya hujum qilgandan keyin bir necha kun oʻtgach, xorijga qochgan. 1945 y. 29 noyabrda Yugoslaviya xalq ozodligi antifashist vechasining 3-sessiyasi monarxiyaning tugatilganligini rasman eʼlon qilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil