Karboksillash — organik birikmalarga SO2 taʼsirida karboksil guruhi — SOONni kiritib, karbon kislotalar va ularning hosilalarini olish. Mas,SN3ON + SO RNFL+COSN,SOONRCONH2Metallorganik birikmalarni K. uchun ularning eritmalari orqali SO2 oʻtkaziladi; soʻnggi gidrolizlanish natijasida karbon kislota hosil boʻladi.

CH3MgBr+CO2--^CH3COOMgBrTibbiyotda qoʻllaniladigan salitsil va paminosalitsil kislota (PASK) ham tegishli fenolyat (mas, C6H5ONa)HH K. yoʻli bilan olinadi.

Organizmda K. maxsus fermentlar taʼsirida sodir boʻladi; mas, pirouzum kislotani K.da piruvatkarboksilaza fermenti katalizator vazifasini oʻtaydi. K. organizmdagi uglevodlar, yogʻlar va oqsillarning parchalanishi natijasida hosil boʻladigan oraliq mahsulotlarni oksidlashda muhim ahamiyat kasb etadi. K. reaksiyasidan sanoatda sirka kislota, akril kislota, dikarbon va yuqori karbon kislotalarning efirlarini olishda foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil