Karbonatit konlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Karbonatit konlari - oʻta asosli-ishqorli tarkibga ega (karbonatitlar) magmatik togʻ jinslari formatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan kalsiy, magniy va temir karbonatlarining yertomir va shtoklari. Gʻoyat qimmatbaho, noyob, tarqoq va nodir elementlarning muayyan toʻplami bilan tavsiflanadi. Unga quyidagilar xos: 1) ikkinchi darajali minerallar (magnetit, apatit va b.) majmui; 2) aksessor minerallar toʻplami (piroxlor, gatchettolit, karbonat va fosfatlar); 3) jins hosil qiluvchi minerallarni nodir elementlar bilan boyitilishi; 4) diopsid, forsterit, montichellit bilan boyitilgan endokontakt zonalarning mavjudligi; 5) yoʻl-yoʻl teksturalar; 6) ekzokon-taktlardagi nordon tog jinslarining fenitizatsiyasi. Tarkibida fosfor, tantal, niobiy, mis, qoʻrgʻoshin, shuningdek, turli slyuda minerallari mavjud, soʻnggi yillarda olmos borligi ham maʼlum boʻldi. Oʻzbekistonda ChatqolQurama va Nurota togʻlarida karbonatitlar borligi aniqlangan.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |