Karditlar
Kardit[2] - bu revmatizm yoki boshqa tizimli kasalliklar bilan bog'liq bo'lmagan turli xil etiologiyali yurakning yallig'lanish kasalligi. Pediatriyada "kardit" atamasini qo'llashning maqsadga muvofiqligi yurakning ikki yoki uchta membranasiga (endo-, miyo- yoki perikard) bir vaqtning o'zida zarar yetkazish ehtimoli borligi bilan e'tibor talab qiladi[3].
Karditlar | |
---|---|
Yurakning oldindan tashqi ko'rinishi | |
KXK-10 | I30-I52[1] |
Norevmatik kardit
tahrirNospetsifik yalligʻlanish xususiyatli oʻzgarishlar hisobiga yurak mushaklarining shikastlanishi[4]. Autopsiya maʼlumotlariga koʻra bolalar aholisi orasida kattalarga qaraganda karditlarning tarqalishi yuqori; ogʻir shakllari erta yoshdagi bolalarda uchraydi. Koʻpincha karditlar virusli epidemiya vaqtida ancha koʻpayadi.
Etiologiya va patogenezi
tahrirQoʻzgʻatuvchisidan qatʼiy nazar turli infeksion kasalliklar kardit bilan asoratlanishi mumkin. Lekin koʻpchilik hollarda kardit oʻtkir virusli infeksiyali bolalarda rivojlanadi. Ularning paydo boʻlishida Koksaki virusi, ayniqsa A va V guruhlari va ECHO virusi katta ahamiyatga ega. Boshqa etiologik omillarga gripp va paragripp, qizilcha, parotit, sitomegalovirus va boshq. kiradi. Norevmatik kardit bakteriyalar, rikketsiyalar, zamburugʻlar va boshqa infeksion agentlar tomonidan chaqirilishi mumkin. Noinfeksion kelib chiqish xususiyatiga ega norevmatik karditlar ham farqlanadi, jumladan allergik va toksik miokarditlar.
Bakterial karditlar koʻkrak yoshidagi bolalarda teri, otogen sepsis sababli rivojlanadi, ancha kattalarda esa – gematogen osteomiyelit fonida paydo boʻladi. Zamburugʻli karditlar surunkali kasalliklari mavjud bemorlarda, uzoq vaqt antibiotik olganlarda paydo boʻladi.
Oxirgi yillarda irsiy omilar diqqatni tortyapti. Bunday hollarda kardit kam simptomli, yurak yetishmovchiligi rivojlanishi faqat oxirida boʻladi. Uning asosida genetik determinirlangan virusga qarshi immunitet nuqsoni yotadi. Oʻtkir va surunkali kardit patogenezi turlicha. Oʻtkir karditda infeksion omil (boshlovchi omil) taʼsiri ahamiyata ega, yalligʻlanish mediatorlarini ajratish, gipersezuvchanlik reaksiyasining yuqori boʻlishi va hujayra infiltratsiyasi tomirlar devorlarini shikastlaydi. Autoallergiya kasallikning oʻtkir kechishida faqat komponent boʻlishi mumkin, lekin yetakchi emas. Immun komplekslarning turli tuzilishi, ular oʻlchamlari, joylashish joyi va miokardning reparativ reaksiyalari turli-tumanligi sababli oʻtkir karditning yaxshi sifatli va yomon sifatli oqibati boʻlishi mumkin. Surunkali kechishida qoʻzgʻatuvchi asosiy ahamiyatga ega emas va kasallik asosida autoimmun buzilishlar yotadi. Bu holda autoantitanachalar (antikardial antitanachalar) va/yoki sensibilizatsiyalangan limfotsitlarning autoallergenlar bilan oʻzaro taʼsir qilishi sodir boʻladi. Ikkilamchi autoantigenlarga javoban antikardial antitanachalar paydo boʻladi, odatda agressiv. Bunday holat hosil boʻlishi T-supressorlarning past faolligi natijasidir, bu xelper taʼsir qiluvchi va giperstimulyatsiyalangan V-limfotsitlarga bogʻliq. Avvalo surunkali karditlar (oʻz-oʻzini tutib turuvchi jarayon, tizimli xususiyatli, yomon sifatli va retsidivlanuvchi kechishi, terapiyaga rezistentligi) ularning shakllanishida autoimmunn mexanizm haqida oʻylashni taqozo qiladi. Koʻp yillik kuzatuvlar asosida Belokon N.A. hammualliflari bilan bolalardagi norevmatik karditlarning ishchi tasnifini berishdi. Norevmatik karditlar tugʻma va orttirilgan boʻladi. Kasallik tasnifi uning kechishini aks ettiradi. Norevmatik karditlarda jadal boshlanishi bilan kechadigan, yurak-qon tomir yetishmovchiligi mavjud va nisbatan terapiyaga moyil oʻtkir kechish turlarini ajratish mumkin. Oʻtkir osti karditlar baʼzi hollarda xuddi oʻtkirdek boshlanishi mumkin, lekin sogʻayish 18 oygacha davom etadi, boshqa hollarda kasallikning ancha yengil kechishi va sekin-asta rivojlanishi boʻlishi mumkin (birlamchi oʻtkir osti kechishi). Davomli surunkali kardit (18 oydan koʻp) baʼzi bemorlarda oʻtkir yoki oʻtkir osti boshlanish xarakeriga ega, boshqalarida esa u kuzatilmaydi (birlamchi surunkali kechish). Tugʻma karditlar ham oʻtkir va oʻtkir osti kechish xususiyatlariga ega. Kardit ogʻirligi kompleks klinik-instrumental maʼlumotlar: yurak oʻlchamlari, yurak yetishmovchiligi ifodalanganligi, EKG dagi ishemik va metabolik oʻzgarilar darajasi, kichik qon aylanioʻ doirasi holatiga bogʻliq. Yurak yetishmovchiligini baholash karditlarda oʻzining xususiyatlariga ega. Bemorlarni kompleks tekshirish chap va oʻng yurak yetishmochiligi darajalarini ajratishga imkon berdi.
Kasallik paydo bo'lish davri | Tugʻma (antenatal) – erta va kechki Orttirilgan | ||
---|---|---|---|
Etiologik omil | Virusli, virus-bakterial, bakterial, parazitar, zamburugʻli, iyersinoz, allergik, idiopatik | ||
Shakli (jarayonning asosiy joylashishiga qarab) | Kardit Yurak oʻtkazuvchi tizimi shikastlanishi | ||
Kechishi | Oʻtkir – 3 oygacha
Oʻtkir osti – 18 oygacha Surunkali – 18 oydan ancha koʻp (retsidivlanuvchi, birlamchi surunkali): dimlanish, gipertrofik variantlari | ||
Kardit og'irligi | Yengil
oʻrta ogʻirlikdagi ogʻir | ||
Yuye shakli va darajasi | chap qorinchali I, IIA, IIB, III daraja
oʻng qorinchali I, IIA, IIB, III daraja Total|- |
Oqibati va asoratlari | Kardioskleroz, miokard gipertrofiyasi,
oʻtkazuvchanlikning buzilishi, gipertenziya, klapan apparatining shikastlanishi, konstriktiv mioperikardit, tromboembolik sindrom |
Tug'ma karditlar
tahrirAgar yurak patologiyasi simptomi ona qornida yoki tugʻruqxonada aniqlansa tugʻma kardit tashhisi ishonchli deb qaraladi, agar ular bola hayotining birinchi oylarida interkurrent kasalliksiz va/yoki onaning homiladorlik davrida anamnestik maʼlumotlar boʻyicha aniqlansa ehtimolli deb qaraladi[6]. Anatomik substratlari boʻyicha tugʻma karditlarni erta va kechkilarga ajratishadi. Erta karditning morfologik belgisi endo- va miokardning fibroelastoz yoki elastofibrozidir. Kechki tugʻma karditlar bunday belgilarga ega emas. Elastik toʻqimaning koʻp sonli boʻlishi yurakning erta fetal davrda shikastlanganligi toʻgʻrisida guvohlik beradi (xomilaichi rivojlanishining 4-7 oylari), bu davrda homila toʻqimasi alteratsiyaga elastoz va fibroz toʻqima proliferatsiyasi bilan javob beradi. Yurak zararlanishi homilaning 7 oyidan soʻng boʻlsa («kech fetopatiya») oddiy yalligʻlanish reaksiyasi rivojlanadi va fibroelastoz kuzatilmaydi. Makroskopik erta tugʻma karditlarda dilatatsiya va chap qorincha miokard gipertrofiyasi bilan kechuvchi kardiomegaliya aniqlanadi, uning endokarditi ancha qalinlashgan boʻladi. Deyarli 2/3 bemorlarda klapan apparati shikastlanishi kuzatiladi (gemodinamik yoki yalligʻlanishdan keyingi). Yurak zararlanishining birinchi belgisi tugʻma karditlarning ushbu ikkita variantida hayotning birinchi 6 oyida (baʼzida 2-3-yoshligida) paydo boʻladi.[7]
Erta tugʻma karditlarning tashxisiy mezonlari
tahrirAnamnestik
tahrirYurak-qon tomir kasalliklariga irsiy moyillik; homiladorlik paytida onaning kasallanishi; tugʻilishida bola tana vaznining pasayishi. Kasallikning birinchi belgisi bola hayotining birinchi yarmida kuzatiladi, postmiokardik elastofibrozda – hayotining 6-18 oylarida.
Klinik
tahrir- Ekstrakardial: tana vaznining sababsiz kam qoʻshilishi; jismoniy rivojlanishda orqada qolish; statistik funksiyalar rivojlanishining sekinlashishi; rangparlik, lanjlik, koʻp terlash, afoniya, sababsiz bezovtalanish xurujlari.
- Kardial: shilliq qavatlarning, barmoqlar uchlarining yengil sianozi; chap tomonlama yurak bukri; yurak turtkisi susaygan yoki aniqlanmaydi; tonlarning boʻgʻiqlashuvi yoki pasayganligi; davolashga rezistent boʻlgan taxikardiya; yurak-qon tomir yetishmovchiligi, odatda total, lekin chap qorincha yetishmovchiligi ustunligi bilan.
Paraklinik
tahrirLabarator
tahrirECHT, leykotsitlar, qon zardobi oqsil fraksiyalari, ASL va AST titri meʼyorda boʻladi yoki ozgina oʻzgargan.
Rentgenografik
tahrirChap oʻpka pastki boʻlagi atelektazi. Yurakning sharsimon yoki oval koʻrinishi, chap qorinchaning kuchli dilatatsiyasi bilan birga yurak boʻshliqlarining kattalashishi.
EKG
tahrirTugʻma fibroelastozda QRS komplekslarining yuqori voltaji, rigid tez marom (koʻpincha marom surʼati va oʻtkazuvchanlik buzilishlarisiz), chap qorincha miokardi gipertrofiyasi, ishemiya belgilari bilan subendokardial boʻlimlarning ishemiyasi (ST segmentning izochiziqdan pastga siljishi va manfiy T tishcha)
Kech tugʻma karditlarning patomorfologik tekshiruvi yurak qavatlarining bir yoki bir nechtasining, oʻtkazuvchi tizimning, baʼzida koronar arteriyalarning patologik jarayonga qoʻshilishini aniqlaydi, kardioskleroz va miokard gipertrofiyasi rivojlanadi. Lekin kasallik davomiyligi unchalik ahamiyatli emas, bu haqida endo- va miokardda elastik toʻqima yoʻqligi va faol yalligʻlanish jarayoni guvohlik beradi.
Kech tugʻma karditlarning tashxisiy mezonlari
tahrirKlinik
tahrirEkstrakardial
tahrirtugʻilganda normal tana vazni, kam hollarda bachadon ichi gipotrofiyasi uchraydi; koʻkrak bilan ovqatlantirganda bolaning charchab qolishi; hayotining 3-5 oyidan keyin jismoniy rivojlanishdan orqada qolish; statistik funksiyalar rivojlanishining kechikishi; nafas aʼzolarining tez kasallanishi; koʻp terlash; asab tizimidagi oʻzgarishlar; shovqinli nafas olish.
Kardial
tahrirhansirash, tugʻilganidan buyon mavjud taxi- yoki bradikardiya; rangparlik, shilliq qavatlar va barmoqlar uchlarining sianozi; yurak-qon tomir yetishmovchiligi; kuchaygan, koʻtariluvchi, pastga siljigan yurak uchi turtkisi; yetarlicha baland yurak tonlari; sistolik shovqin ehtimolligi; marom buzilishi.
Paraklinik
tahrirEKG
tahrirChap qorincha elektropotensiallari ustunligi, marom va oʻtkazuvchanlik buzilishi; ST segmentning izochiziqdan pastga siljishi.
Rentgenologik
tahrirYurakning normal yoki trapetsiyasimon koʻrinishi. Yurak soyalarining barcha boʻshliqlari, ayniqsa chap tomon boʻshliqlari hisobiga, dilatatsiyasi hisobiga kattalashishi.
Labarator
tahrirPeriferik qonda oʻzgarishlar yoʻq, revmotestlar manfiy.
Manabalar
tahrir- ↑ https://kiberis.ru/?p=21386
- ↑ https://zdorovi.net/bolezni/kardit.html
- ↑ https://med.wikireading.ru/3339
- ↑ https://medside.ru/nerevmaticheskij-kardit
- ↑ https://docplayer.biz.tr/86028773-Daminov-t-a-xalmatova-b-t-boboyeva-u-r-tibbiyot-oliy-o-quv-yurtlari-uchun-o-quv-adabiyoti-bolalar-kasalliklari.html
- ↑ http://rep.bsmu.by/bitstream/handle/BSMU/16236/978-985-567-684-4.Image.Marked.pdf?sequence=1&isAllowed=y
- ↑ http://pmarchive.ru/nerevmaticheskie-kardity-u-detej/
Adabiyotlar
tahrir- ВРОЖДЕННЫЕ КАРДИТЫ У ДЕТЕЙ (Минск 2017)
- НЕРЕВМАТИЧЕСКИЕ КАРДИТЫ У ДЕТЕЙ (Москва)