Karim neft-gaz koni
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Karim neft-gaz koni - Qashqadaryo viloyatidagi kon. Muborak sh.dan 12 km jan.-gʻarbda. Strukturasi 1963-yilda aniqlangan. 1965—67 yillarda bir necha burgʻi qudugʻi kovlangan. Antiklinal asimmetrik braxiantiklinaldan iborat boʻlib, shim.-sharqdan jan.gʻarbga yoʻnalgan. Qanotlari yura davriga mansub ohaktoshlardan tuzilgan. Mezozoy va kaynozoy erasiga mansub togʻ jinslaridan tashkil topgan boʻlib, mezozoy erasi jinslari yura va boʻr davri yotqiziqlaridan iborat. Yura davri togʻ jinslari umumiy qalinligi 600 m ga yaqin, kontinental va dengiz sharoitlarida paydo boʻlgan qumtosh, gil, shagʻal, oqish va kulrang ohaktoshlar, tosh tuzi va angidritlardan tashkil topgan. Boʻr davri jinslarining umumiy qalinligi 1500–1600 m. Dengiz sharoitida paydo boʻlgan paleogen davri togʻ jinslari umumiy qalinligi 250–300 m boʻlib, ohaktosh, koʻkimtir gillardan tuzilgan. Sanoat ahami-yatiga molik neft-gaz 15- va 15a-gorizontlarining ohaktoshlarida topilgan. Qazilgan quduqlarda 46 obyekt sinab koʻrildi. Gaz debiti 120 ming m3/ sutkadan 785 ming m3/sutkagacha, neft miqdori 78m3/sutkadan 129,1 m3/sutkagacha.
Neft-gaz kondensat uyumi yaxlit, gumbazsimon, suv-neft chegarasi 1870 m dan, gaz-neft chegarasi 1863 m dan oʻtgan. 15-gorizontdagi gazning oʻrtacha mahsuldor qalinligi 21,9 m, neftga toʻyingan qatlamning qalinligi 4,9 m. Gʻovaklik koeffitsiyenti 0,046, gaz va neftga toʻyinganlik 0,90 ga teng . Kondagi gaz quruq. S. ogʻ. 0,626, tarkibidagi oltingugurt vodorodi 0,31—0,35%, karbonat angidrid 1,35—1,6%, azot miqdori 0,7% ni tashkil etadi. Metan miqdori 89,5 dan 90,9% gacha. Kondagi neft oʻrtacha ogʻirlikka ega — 0,885 g/ sm3. Oltingugurt miqdori koʻp (3,9%), 4,16% gacha parafin; asfaltenlar 2,46% dan oshmaydi. Konning sanoat ahamiyati katta.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |