Karkuk
Karkuk — Iroqning shimoli-sharqiy qismidagi shahar, Kurdistonda. Taomim muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 420 ming kishi chamasida. Avtomobil yoʻllari tuguni, temir yoʻl stansiyasi. Neft qazib chiqariladigan yirik rayon markazi. Bu yerdan neft quvurlar orqali Tripoli (Livan) va Banias (Suriya) portlariga yuboriladi. Toʻqimachilik, koʻn poyabzal, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari, neftni qayta ishlash zavodi bor.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |