Karl Gjellerup
Karl Gjellerup (1857.2.6, Daniya — 1919.11.10, Germaniya) — Daniya yozuvchisi. Daniya va nemis tillarida ijod qilgan. Ilk romani "Idealist" (1878)da yoshlar qayoti va ayollarning ijtimoiy aqvoli aks etgan. Gjellerup ijodining dastlabki bosqichida G. Brandes boshchiligidagi liberal oqim tarafdori boʻlgan. "Doʻlana" (1881) sheʼriy toʻplami mazkur oqim va uning yetakchisiga bagishlangan. Keyinchalik Arthur Shopengauer falsafasi bilan shugʻullangan. "Minna" (1889) romani tor amaliyotchilik bilan idealizm oʻrtasidagi konfliktni tasvirlagan, "Tegirmon" (1896) romani Daniya dehqonlarining hayoti haqida. Gjellerup garchi Johann Wolfgang Gyote, Friedrich Shiller va Ivan Turgenev asarlarini yuksak badiiylik namunasi hisoblasa ham, keyingi ijodida dekadentliknint taʼsiri sezildi. U diniy mavzu bilan ham qiziqqan ("Piligrim Kamanita", 1906; "Tangrining doʻstlari", 1916 va b. romanlar). Gjellerup dramalar, tanqidiy va tarixiy tadqiqotlar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1917).[3]
Karl Gjellerup | |
---|---|
Tavalludi | 2-iyun 1857 |
Vafoti | 11-oktyabr 1919[1] |
Ijod qilgan tillari | Dan tili[2] |
Fuqaroligi | Daniya |
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil