Karmel — Falastinning shim.kismi (Isroil davlati hududi)dagi togʻ. Uning gʻarbiy yon bagʻridagi Tabun va Sxul gʻorlaridan 1929—34-yillarda qad. odamlarning suyaklari, tosh qurollari chiqqan. Tabun gʻoridan neandertal ayolning deyarli butun skeleti va erkak kishining pastki jagʻ suyagi topilgan. Sxul gʻoridan turli xilda saqlangan oʻnlab skelet suyaklari aniqlandi. Ular 45—40 ming yil muqaddam yashagan kishilarga mansub. Baʼzi olimlarning fikricha, K. gʻorlaridagi aholi — neandertal tipidagi odamlarning hozirgi zamon odami bilan aralashuvi natijasidir; boshqa olimlar esa uni qad. odamlarning yangi tipga evolyusion (tadrijiy) oʻtishi mahsuli deb hisoblaydilar.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil