Karniola asalarisi
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. |
Karniolan asalarisi (Apis mellifera carnica, Pollmann) gʻarbiy asalarilarning kenja turi. Karniola asalarisining vatani Sloveniya, Avstriyaning janubiy qismi va Albaniya,[1] Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Serbiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya hamda Shimoliy-Sharqiy Italiya[2].
Karniola asalarisi | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Sinf: | Hasharotlar |
Turkum: | Pardaqanotlilar |
Binar nomi | |
Apis mellifera carnica | |
Sinonimlari | |
Apis mellifica hymettea Pollmann 1879 Apis mellifera carniolica Koschevnikov 1900 (Emend.) Apis mellifica banatica Grozdanic 1926 Apis mellifera banata Skorikov 1929 (Emend.) Apis mellifera carpatica Barac 1977 |
Kelib chiqishi
tahrirKarniola asalarisi Gʻarbiy asalarilarning kichik turi boʻlib, Karniola (Sloveniya)ning Kochevye (Gottschee) kichik mintaqasi, Avstriya Alp togʻlarining janubiy qismi, Dinarides mintaqasi, janubiy Pannoniya tekisligi va shimoliy hududlarga moslashgan. Bu asalarilar ingliz tilida Carniolans yoki qisqacha „Carnies“ deb nomlanadi. Hozirgi vaqtda bu kenja tur asalarichilar orasida mashhurligi boʻyicha italiya asalarilaridan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.
Sifatlari
tahrirU hasharotlar, zararkunandalarga qarshi kurasha olishi va ayni paytda asalarichilarga nisbatan juda yumshoq munosabatda boʻlishi sababli mashhur. Bu asalarilar nektar mavjudligiga qarab tez koʻpayish yoki kamayish xususiyatga ega. Nektar miqdori koʻp boʻlgan davrlarda ishchi asalarilar soni ortadi va koʻp miqdorda asal va gulchanglarni yigʻiladi. Ular baʼzi kasalliklar va parazitlarga chidamli.
Anatomiyasi va tashqi koʻrinishi
tahrirKarniola asalarilar italyan asalarilari bilan bir xil oʻlchamda, ammo ular oʻzlarining quyuq jigarrang-kulrang tuslari va och jigarrang tusdagi chiziqlari bilan ajralib turadi. Ularning poʻstloqlari qoramtir, lekin tanalarida ochroq yoki jigarrang rangli halqa va nuqtalarni topish mumkin. Karniola arilarini „kulrang ari“ deb ham atashadi.
Karniola asalarilar Gʻarbiy Yevropa qora asalarilari kabi katta va uzun, ammo ularning qorinlari ancha nozikroq. Bundan tashqari, karniola arisi juda uzun tilga ega (6,5 dan 6,7 mm gacha)[3].
Xarakteri va xulq-atvori
tahrir- Yumshoq va tajovuzkor emas
- Aholi punktlarida saqlash mumkin
- Italiya asalarilariga nisbatan yoʻnalishni yaxshi aniqlaydi
- Italiya asal arilariga nisbatan boshqa uyalardan oʻgʻirlashga moyil emas
- Qishda ishchi asalari soni keskin kamayadi
- Qishda tejamkorlik, asal zaxiralarini tejash
- Atrof-muhitdagi oʻzgarishlarga tezda moslasha oladi
- Qishi uzoqroq boʻlgan hududlar uchun mos
- Asalari yelimidan kam foydalanish
- Choʻl kasalliklariga immunitet
- Ishchi asalari boshqa kichik turlarga qaraganda 12% koʻproq yashaydi
Manbalar
tahrir- ↑ Dedej, S.; Biasiolo, A.; Piva, R. (1996). "Morphometric and alloenzymatic characterisation in the Albanian honeybee population Apis mellifera L" (PDF). Apidologie 27 (3): 121–131. https://hal.science/hal-00891331/document.
- ↑ „Analysis of Honey Bees from an Area of Racial Hybridization in Northeastern Italy“.
- ↑ „About Baskir Bee, Honey“. 2018-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan.
Vikiomborda Karniola asalarisi haqida turkum mavjud |