Karomat (arab. — karomat, gʻayritabiiy hodisa) — 1) «Karomat» so‘zi lug‘atda «ikrom qilinish, yuqorililik, sharaf» ma'nolarini bildiradi. Islom taʼlimotiga koʻra, shu hodisalar paygʻambarlarda namoyon boʻlsa — moʻʼjiza, aziz-avliyolardan sodir boʻlsa — Karomat deyiladi. Gʻayridin, kufr ahlidan sodir boʻlgan sehr-jodu, koʻzbogʻlogʻich (fokus) yoki istidroj (vaqtincha omadli boʻlish) deb ataladi. Masalan, Muso paygʻambar qoʻlidagi hassasini toshga urganda undan suv otilib chiqqani, kerak boʻlganda u katta ilonga aylanib, sehrgarlar yasagan ilonlarni yutib yuborgani moʻʼjizadir. Muhammad (sav)ga berilgan moʻʼjizalarning eng ulugʻi — Qurʼoni karim sanaladi. Karomatlar Alloh suygan bandalariga, aziz-avliyolarning tanasini qabrda chirimasligi, o'ziga tegishli yaxshi ishlarni oldindan his qilishi, suv ustda yurishi, dushmanlar ko'ziga ko'rinmay qolishi kabi ishlar karomat hisoblanadi. Lekin u juda kamyob hodisa bo'ladi. Sufizmdagi ayrim haddidan oshgan insonlar karomatni pirlarimiz, avliyolarimiz xalqni oldiga yig'volib har kuni ko'rsatishadi deb ishonishadi. Bu xato tushuncha. Karomat Alloh istagan vaqtda yuz beradi, bandasining talabiga binoan emas.

Manbalar

tahrir