Karpatka (polyakcha: Karpatka) ― polshaning anʼanaviy torti[1] yoki sut va vanil qoʻshilgan pudingli yoki qaymoqli krem bilan toʻldirilgan pishiriq. U odatda ikki xil xamirdan iborat: birinchi qavat usti marmelad quyuq krem bilan qoplangan uvalanuvchi xamir, ustidan qaynoq suvga qorilgan xamir[2]. Shirinlik qaynoq suvga qorilgan xamir buklangan shakli va ustiga sepilgan oppoq shakar upasi bilan Karpat togʻlarining qorli choʻqqilarini yodga soladi[3][2] Shuning uchun ham unga mazkur togʻning nomi berilgan.

Karpatka

Desertning kelib chiqishi boʻyicha aniq faktlar mavjud emas. Katta ehtimol bilan 1950-1960-yillarning boshlarida paydo boʻlgan, lekin faqat 1970 va 1980-yillarda mashhur boʻlgan[4] deya fikr qilinadi. „Karpatka“ rasmiy nomi birinchi marta 1972-yilda bir guruh boʻlgʻusi filolog talabalar tomonidan oʻylab topilgan[4][5]. Tilshunos Katarjina Smikning 2016-yilda „Narodnaya Literature“ jurnalida „Sweet Linguistics: Karpatka in Modern Colloquial Polyak“ nomli maqolasida chop etilgan tadqiqotiga koʻra, Karpatka soʻzi ilk bor talabalar uchun ilmiy qoʻllanmada keltirilgan[6]. Karpatka u yerda pechenye sifatida tilga olingan[6].

„Karpatka“ uchun mahsulotlar (korj bilan krem kukuni) butun Polsha doʻkonlarida mavjud. 1995-yilda Karpatka Delecta kompaniyasi uchun Polsha Patent idorasi tomonidan roʻyxatga olingan savdo belgisiga aylandi. 1996-yilda xuddi shu nomdagi va shunga oʻxshash shakldagi mahsulot „Dr.Oetker“ firmasi tomonidan bozorga chiqarildi[7][8]. Bu oʻn ikki yillik huquqiy nizoga olib keldi. Natijada 2011-yil fevral oyidaoʻsha vaqtdan Rieber Foods Polska SA nomi bilan faoliyat yurita boshlagan Delecta foydasiga yakunlandi[7][8].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Хиты семейных праздников. Любимая выпечка и десерты нашего детства / Эгина Агаджанян“. 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  2. 2,0 2,1 „Karpatka - Polish 'Mountain' Cake“ (3-aprel 2018-yil). 2020-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  3. „Famous Polish Desserts: Karpatka“. www.tasteatlas.com. 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  4. 4,0 4,1 Wschodni, Dziennik „Językowo i widelczykiem. Karpatka stała się bohaterką artykułu z zakresu językoznawstwa“. Dziennik Wschodni. 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  5. S.A, Wirtualna Polska Media „Karpatka“. kuchnia.wp.pl (28-oktabr 2019-yil). 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  6. 6,0 6,1 Agnieszka, Dybek Językowo i widelczykiem. Karpatka stała się bohaterką artykułu z zakresu językoznawstwa (28 marca 2016). 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  7. 7,0 7,1 Tomasz Ciechoński. Delecta kontra Dr. Oetker: Wojna dwunastoletnia o karpatkę. „Gazeta Wyborcza“. Nr 37, wydanie z dnia 15/02/2011 Mój biznes, str. 26
  8. 8,0 8,1 "Karpatka" z Delecty jest nasza! Proces z Dr Oetkerem zakończony (2011-yil 11-fevral). 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.