Vladimir Karpov
(Karpov Vladimir Vasilyevichdan yoʻnaltirildi)
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Karpov Vladimir Vasilyevich (28-iyul 1922, Orenburg — 19-yanvar 2010, Moskva) — rus yozuvchisi. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va urush Qahramoni (1944-yilning, 6-iyul). Toshkent harbiy bilim yurti (1942), harbiy akademiya (1947) va Moskvadagi adabiyot institutini (1954) tugatgan. 1930 — 1959, 1968—73 yillarda Toshkentda yashagan va ishlagan. Harbiylar hayotidan hikoyalar, qissalar, romanlar („Mangu jang“, 1967; „Marshallik nishoni“, 1970; „Tirik olinsin!“, 1975) va „Sarkarda“ (1984) hujjatli qissasini yozgan. „Marshal Jukov, uning safdoshlari va dushmanlari urush va tinchlik yillarida“ (1989) kitobi muallifi. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Hamza nomidagi Oʻzbekistan Davlat mukofoti laureati (1970).[1]
Vladimir Karpov | |
---|---|
Tavalludi | 28-iyul 1922 |
Vafoti | 18-yanvar 2010 |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |