KarsTurkiyadagi shahar. Kars elining maʼmuriy markazi. Aholisi 70 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshi). Sut chorvachiligi va qoʻychilik rayoni markazi. Toʻqimachilik hunarmandchiligi rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.

Kars ko'rinishi

Kars qadimgi qalʼa oʻrnida bunyod etilgan. 11-asr oʻrtalaridan Vizantiya hukmronligi ostida, 1074 yildan turk saljuqlari tomonidan egallangan. 13–16-asrlarda Gruziya, 16-asrdan Usmonli turklar saltanati tarkibida. 19-asrdagi Rossiya-Turkiya urushi vaqtida urush harakatlarining asosiy obʼyekti boʻlgan. 1878 yil San-Stefano (Istanbul shahri yonida) tinchlik shartnomasiga muvofiq Rossiyaga, 1921 yil Kars shartnomasiga muvofiq Turkiya tarkibiga kirgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil