Georgiy Karsivadze
(Karsivadze Georgiy Sergeyevichdan yoʻnaltirildi)
Georgiy Sergeyevich Karsivadze (1899.10.1, Batumi - 1951.27.2, Toshkent) — opera xonandasi (dramatik bariton), Oʻzbekiston xalq artisti (1945). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1914). Tbilisi opera va balet teatrida (1918—29), Qozon, Perm, Gorkiy teatrlari (1929—34), 1934— 47 yillarda Toshkent Rus opera va balet teatri, 1948-yildan Navoiy nomidagi teatr yakkaxon xonandasi. Shu teatrda Grigoriy Jeleznoye (S. Vasilenko, M. Ashrafiy, "Boʻron"), Mazepa (P. Chaykovskiy, "Mazepa"), Mizgir (N. Rimskiy-Korsakov, "Qor qiz"), Knyaz Igor (A. Borodin, "Knyaz Igor"), Rigoletto (J. Verdi, "Rigoletto") kabi asosiy partiyalarni ijro etgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |