Kartaxena (shahar)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kartaxena — Kolumbiya shim.dagi shahar. Bolivar departamentining maʼmuriy markazi. Karib dengizi buxtasida, Magdalena daryosi quyi qismining gʻarbida joylashgan. Aholisi 745,6 ming kishi (1995). Avtomobil yoʻllari tuguni. Yirik dengiz porti (neft va neft mahsulotlari, shakarqand, teri, oltin, platina va b. chetga chiqariladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Muhim savdo markazi. Oziq-ovqat (baliq konserva, shakarqand, qandolatchilik, pivo pishirish, tamaki), neftni qayta ishlash, neft kimyosi, rezina-texnika, sement, toʻqimachilik, koʻn-teri, farmatsevtika, mebel sanoati korxonalari mavjud. Tarix akademiyasi, universitet (1824), musiqa instituti, kutubxona bor.
Shaharga 1533-yilda ispan konkistadori Pedro de Erediya tomonidan asos solingan. Mustamlakachilik davrida mustahkam qalʼa va yirik portga aylangan. 1811-yilda Kolumbiya shaharlari ichida birinchilardan boʻlib K.da mustaqillik eʼlon qilingan. Meʼmoriy yodgorliklardan mustamlakachilik davrida qurilgan shahar devori, qalʼa, monastirlar (16-asr), cherkov (16—18-asr lar), Zarbxona (17-asr) va b. saqlangan.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |