Kartli podsholigi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kartli podsholigi - 1) Sharqiy Gruziyadagi quldorlik davlati (mil.av. 4-asrdan). Dastlabki davrda K.p. Rim imperiyasiga nomigagina qaram boʻlgan. 4-asrning 30—40-y.larida K.p. aholisi xristianlikni qabul qiladi. K.p. 5-asr dan boshlab Sosoniylar davlati tarkibiga kirgan; 2) Sharqiy Gruziyadagi davlat, poytaxti — Tbilisi (15-asrning 2-yarmi — 1762-yil), 16— 18-asrlarda Eron va Turkiya tajovuziga qarshi muntazam kurash olib borgan. 1723-yil K.p.ni turklar, 1735-yil Eron safaviylari bosib olgan. 1744-yil K.p. chet el bosqinchilaridan xalos boʻlgan. K.p. Kaxeti podsholigi bilan birlashgach, Kartli-Kaxeti podsholigi tashkil topgan (1762). U 1801-yildan Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |