Kashkaylar (oʻzlarini kashkay deb ataydilar) — Erondagi (Fors viloyatida) xalq. 780 ming kishi (1990y.lar oʻrtalari). Qabila, guruhlarga boʻlinib yarim koʻchmanchilik bilan hayot kechiradilar. Ozarbayjon tili lahjasida soʻzlashadilar. Dindorlari — shia musulmonlar. K. koʻchmanchi chorvachilik, dehqonchilik, gilam va jun mato bilan shugʻullanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil