Kashmiriy tilikashmiriylar tili. Hindistondagi Jammu va Kashmir shtati aholisining rasmiy tili. Hinderon tillarining dard guruhiga mansub. Kashmir vodiysida tarqalgan. Bu tilda 7.1 million kishi gaplashadi (2011).[1][2] Kashmiriy tilida asl kashmiri, kashtavari, poguli, siraji, rambani dialektlari mavjud. Kashmiriy tilida 4 kelishik tizimi, 2 jins kategoriyasi bor; sintaksisi uchun gaplarning ergativ qurilishli boʻlishi harakterli. Hozirgi yozuvi arab alifbosiga asoslangan. Adabiy til uchun Kashmir, Srinagar shaharlari dialekti asos boʻlgan.[3]

Manbalar

tahrir