Kaspiy harbiy flotiliyasi— Kaspiy dengizidagi harbiy qoʻshilma. 1722-yilda Astraxonda tuzilgan. 1867-yildan asosiy bazasi Bokuga koʻchirilgan. 1918—19 yillarda AstraxonK.h.f., 1919—20 yillarda Volga-K.h.f. deb yuritilgan. 1920-yil iyulda uning negizida Kaspiy Dengiz Kuchlari tashkil etilgan, 1931-yildan yana K.h.f. nomi berilgan. K.h.f. Ikkinchi jahon urushi davridagi Stalingrad jangi va Kavkaz uchun olib borilgan janglarda Kaspiy dengizi orqali aloqani taʼminlashda va muhim yuklarni tashishda xizmat koʻrsatgan. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil