Meseta
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Meseta, Kastiliya yassitogʻligi — Ispaniya va Portugaliyadagi yassitogʻlik, Pirenei yarim orolning katta kismini egallaydi. Asosan, kristall jinslardan tuzilgan. Plato, uncha baland boʻlmagan massiv va togʻ oraligʻi botiqlaridan iborat, gʻarbida tektonik yoriklar bilan kuchli parchalangan. Aksari qismining balandligi 600–1200 m. M.ning oʻrta qismini egallagan Markaziy Kordilyera togʻlari (eng baland joyi 2592 m. Almansor togʻi) yassitogʻlikni Eski Kastiliya va Yangi Kastiliya yassitogʻliklariga ajratib turadi. Iklimi Oʻrta dengiz boʻyiga xos, quruq iqlim. Asosiy daryolari Duero, Taxo, Gvadiana. Oʻsimlik dunyosi kserofit butalar va dasht oʻsimliklaridan, shim.-gʻarbiy qismida siyrak keng bargli va igna bargli oʻrmonlardan iborat. Donli ekinlar ekiladi, bogʻlar va tokzorlar barpo qilingan. Yaylov chorvachiligi rivojlangan. Madrid shahri M.da joylashgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |