Katalepsiya (yun. katalepsis - ushlash, tutish, toʻxtash), mumdek qotib turish — normal harakatning buzilishi; bunda muskullar tonusi kuchayib, butun tana yoki qoʻl-oyoq qotib qoladi. Bemorni biror vaziyatga qoʻyilsa, u shu alpozda uzoq vakt turaveradi, mas, koʻtarib qoʻyilgan qoʻlini to oʻzi tushmaguncha tushirmaydi. K. isteriya, shizofreniya, ensefalitna uchraydi. Baʼzan gipnoz holatida ham kuzatish mumkin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil