Katalog (yunoncha: katalogos — roʻyxat) — 1) muayyan narsalar (mas, kitob, eksponat, tovarlar)ning maʼlum tartibda tuzilgan roʻyxati; ularni topishni osonlashtiradi. Koʻrgazmalar, ilmiy-texnika yoki madaniy-maʼrifiy ishlar uchun moʻljallangan maʼlumotnoma nashrlarda mavjud narsalarning (baʼzan bezakli) shu tarzda tartibga solingan roʻyxati boʻladi. Masalan, markalar K.i, badiiy asarlar koʻrgazmalari K. i va b.; 2) kutubxona katalogi; 3) kompyuter dasturlarining mantiqiy qurilmasida — fayl nomlari saqlanadigan joy, fayllar yigʻindisi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil