Katamorfoz
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Katamorfoz (yun. kata — yuqoridan quyiga boʻladigan harakatni bildiradigan qoʻshimcha va morphe — koʻrinish, shakl) — organizmlarning birmuncha oddiy yashash sharoitlariga oʻtishida regressiv evolyusiya — katagenez asosida qayta tuzilishi. K., koʻpincha, organizmlarning evolyusiya jarayonida yashashning xususiy sharoitlariga boʻlgan ayrim moslanishlarining yoʻqolishi bilan bogʻliq. "K." terminini rus biologi I. I. Shmalgauzen taklif etgan (1939). K.ning genetik asosi hayvonlarning harakatsiz hayot kechirish, ayniqsa, endoparazitizmga oʻtishi bilan oʻz ahamiyatini yoʻqotgan organlarning toʻliq rivojlanmasligini keltirib chiqaruvchi mutatsiyalarning yigʻila borishi hisoblanadi. Shuning bilan birga bunday organizmlarda ayrim organlar sistemasining progressiv oʻzgarishi ham kuzatiladi. K. moʻylovoyoqli qisqichbaqasimonlar, krbiklilar, parazit yassi chuvalchanglar va b. uchun xos (yana q. Degeneratsiya, Reduksiya, Neoteniya, Pedomorfoz).[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |