Katapultalanadigan oʻrindiq
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Katapultalanadigan oʻrindiq — kosmonavtni kosmik kema kabinasidan xavfsiz masofaga irgʻitishni va soʻngra parashyut yordamida yerga qoʻndirishni taʼminlovchi qurilma. Kosmonavtni yerga qoʻndiruvchi vosita sifatida foydalaniladi ("Vostok" kosmik kemasida kosmonavt Yer sirtidan 7 km balandlikda katapultalangan). Shuningdek, K. oʻ. uchishning boshlangʻich qismida (kema 4 km balandlikka koʻtarilgunga qadar), avariya holatida kosmik kemani tark etishga ham moʻljallangan. K. oʻ. pirotexnik irgʻituvchi mexanizm (baʼzan poroxli raketa tezlatkichi bilan), parashyut tizimi, avariya holati uchun zaruriy zahira, kislorod zaxirasi, skafandrni shamollatish qurilmasi, qabul qiluvchiuzatuvchi radioapparatura, kosmonavt yerga qoʻnganda isteʼmol qiladigan oziqovqatlar va dastlab kerak boʻladigan narsalar, kosmonavt tanasini oʻrindiqqa bogʻlab turuvchi mexanizmlardan tashkil topgan. Zamonaviy samolyotlarda uchuvchi kabinasi ham katapultlanadigan qurilma bilan jihozlanadi (qarang Katapulta).[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |