Kateryna Volodko
Kateryna Volodko (Bondarenko) (ukraincha: Катерина Володимирівна Бондаренко; 1986-yil 8-avgustda tugʻilgan) — ukrainalik tennischi . U singlisi Alona Bondarenko bilan hamkorlikda 2008-yilda Avstraliya ochiq chempionatida juftlik chempioni boʻlgan. Kateryna professional tennischilar Valeriya va Alonaning singlisi.
Kateryna Volodko | |
---|---|
Toʻliq ismi | Kateryna Volodymyrivna Volodko |
Mamlakat | Ukraina |
Istiqomat joyi | Kiyev, Ukraina |
Tugʻilishi |
8-avgust 1986-yil Krivoy Rog, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi |
Boʻyi | 1.75 m sm |
Professionallik | 2000 |
Faoliyati tugashi | 2012-2013 |
Ishlatadigan qoʻli | Oʻng qoʻl |
Murabbiy | Alona Bondarenko (opasi) |
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $US$ 4,241,817 |
Yakkalik bahslar | |
Rekordi | 519–399 |
Jami titullari | 2 |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 29 (2009) |
Joriy pozitsiyasi | No. 539 (2022) |
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
Australian Open | 3R (2009, 2016, 2018) |
French Open | 3R (2009) |
Wimbledon | 3R (2011) |
US Open | QF (2009) |
Juftlik bahslari | |
Rekordi | 272–269 |
Jami titullari | 4 |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 9 (2008) |
Joriy pozitsiyasi | No. 223 (2022) |
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
Australian Open | W (2008) |
French Open | SF (2008) |
Wimbledon | 2R (2007) |
US Open | 3R (2008) |
Boshqa juftlik turnirlari | |
Olimpiyada oʻyinlari | SF (2008) |
Jamoa musobaqalari | |
Soʻnggi marta yangilandi: 2022-yil 21-avgust. |
U oʻng qoʻlda oʻynaydi va 2000-yilda professional tennischiga aylangan[1]. U yakkalik va juftlikdagi faoliyatidagi eng yuqori reytingi boʻyicha mos ravishda dunyoda 29 va 9-o‘rinlarni egallab turibdi.
Biografiya
tahrirBondarenko 1986-yil 8-avgustda Ukraina SSR (hozirgi Ukraina) Krivoy Rog shahrida otasi Vladimir va onasi Natalya oilasida tug‘ilgan. Uni tennis bilan toʻrt yoshida ota-onasi tanishtirgan. Uning ikkita singlisi bor: Valeriya va Alona, ikkalasi ham WTA Tourda oʻynashgan. Uning eng sevimli maydon turi — qattiq kort[2][3]. 2011-yil sentyabr oyida Bondarenko Denis Volodkoga turmushga chiqdi. Ularning birinchi farzandi Karin 2013-yilda tug‘ilgan. Bondarenko ikkinchi farzandini 2019-yilda dunyoga keltirdi.
Tennisdagi faoliyati
tahrir2008-yil: Birinchi WTA chempionligi
tahrirBondarenko mavsumni Hobart Internationalda boshladi, u birinchi raundda dunyoning 144-raqamli tennischisi Anna Lapushchenkovaga yutqazdi. Avstraliya ochiq chempionatida u birinchi davrada dunyoning 69-raqamli tennischisi Aravane Rezaiga 6-7, 2-6 hisobida yutqazdi[4]. Biroq, 2008-yil 24-yanvarda singlisi Alona bilan juftlikda u Avstraliya Ochiq chempionatining juftlik turnirida ketma-ket g‘olib chiqdi va finalda 12-raqamli juftlik tennischilar Viktoriya Azarenka / Shahar Peerni uchta setda mag‘lub etishdi[5].
2009-yil: US Open chorak finali
tahrirBondarenko oʻz mavsumini Brisben Internationalda boshladi. U birinchi davrada ikkinchi raqam ostidagi chempion Viktoriya Azarenkaga 0:6, 2:6 hisobida yutqazdi[6]. Keyinchalik u Hobart Internationalda oʻynadi. U birinchi davrada dunyoning 57-raqamli tennischisi Magdaléna Rybárikovága yutqazdi[7]. Juftlik bahslarida Bondarenko singlisi Alona bilan hamkorlik qildi. Ular finalga chiqishdi ammo, Gisela Dulko /Flavia Pennettaga 2-6, 6-7 hisobida yutqazishdi[8]. Avstraliya ochiq chempionatida Bondarenko to‘qqizinchi raqam ostida tasniflangan Agnieszka Radvanskani birinchi davrada 7-6, 4-6, 6-1 hisobida mag‘lub etdi[9]. Ikkinchi raundda u dunyoning 90-raqamli tennischisi Lourdes Domínges Linoni 7-5, 7-5 hisobida magʻlub etdi. Uchinchi raundda u 22-raqamli tennischi Chjen Jiega 2-6, 2-6 hisobida yutqazdi.
Katta Dubulgʻa musobaqalari
tahrirYakkalik
tahrirTurnir | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 | 2012 | 2013 | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 | 2022 | SR |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Avstraliya ochiq chempionati | A | Q3 | 1 | 1R | 3R | 2R | 1R | 1R | A | A | 2 | 3R | 1R | 3R | A | 1R | 2 | 0 / 9 |
Fransiya ochiq chempionati | A | A | 2R | 1R | 3R | 2R | 1R | 1R | A | 1 | Q3 | 2R | 1R | 1R | A | A | 0 / 9 | |
Wimbledon chempionati | 1R | 2R | 1R | 2R | 2R | 1R | 3R | 2R | A | A | 2 | 1R | 1R | 1R | A | NH | 0 / 11 | |
Amerika ochiq chempionati | 2 | 1 | 2R | 1R | QF | 2R | 2R | 1R | A | A | 2R | 3R | 2 | 1R | A | 2R | 0/10 | |
Gʻalaba — magʻlubiyat | 0-1 | 1-1 | 2-3 | 1-4 | 9-4 | 3-4 | 3-4 | 1-4 | 0-0 | 0-0 | 1-1 | 5-4 | 0-3 | 2-4 | 0-0 | 1-2 | 0-0 | 0 / 39 |
Juftlik
tahrirTurnir | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 | 2012 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 | 2021 | 2022 | W-L |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Avstraliya ochiq chempionati | A | 2R | V | 1R | 1R | 1R | 1R | A | 2R | 1R | 2R | A | 1R | 2R | A | 11-10 |
Fransiya ochiq chempionati | A | 2R | SF | 2R | QF | 1R | 2R | A | 1R | 1R | 2R | A | 1R | A | 12-10 | |
Wimbledon chempionati | 1R | 2R | A | 1R | 1R | A | 1R | A | 1R | 2R | 1R | A | NH | A | 2-8 | |
Amerika ochiq chempionati | 2R | 2R | 3R | 1R | 2R | 2R | 1R | 1R | 1R | 1R | 1R | A | A | 1R | 6-12 | |
Gʻalaba — magʻlubiyat | 1-2 | 4-4 | 14-2 | 1-4 | 5-4 | 0-3 | 1-4 | 0-1 | 1-4 | 1-4 | 2-4 | 0-0 | 0-2 | 1-2 | 0-0 | 31-40 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Kateryna Bondarenko WTA Player Bio“. 2009-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
- ↑ „KATERYNA BONDARENKO BIOGRAPHY“. Women's Tennis Association (WTA). Qaraldi: 2017-yil 10-yanvar.
- ↑ „Kateryna BONDARENKO ITF“. 2017-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-yanvar.
- ↑ Hodges, Vicki. „Jelena Jankovic fights back at Australian Open“ (2008-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 26-dekabr.
- ↑ „Bondarenko sisters win first doubles title“. Australian Broadcasting Corporation (2008-yil 25-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 26-dekabr.
- ↑ „Crowds flock to opening day“. brisbaneinternational.com.au (2009-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 28-yanvar.
- ↑ „Pironkova Surprises Schnyder in Opening Round“. ontennis.com (2009-yil 11-yanvar). 2018-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-yanvar.
- ↑ „Doubles Champions“.
- ↑ „Australian Open 2008 Day 2 - Williams Sisters Advance, Dementieva Survives“ (2009-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 31-yanvar.