Katta Mahdiy masjidi
Mahdiyadagi (arabcha: الجامع الكبير في المهدية roman. Jomiy al-Kabir) — buyuk Fotimiylar[1] masjidi, Tunisning Mahdiya shahrida, 910- (yoki 916[2])[3] yilda qurilgan.
Katta Mahdiya masjidi | |
---|---|
Joylashuv | Mahdiya |
Turi | Masjid |
Balandligi | 75 metr |
Eni | 55metr |
Qurila boshlagan | X asr 1961-1968 yillar |
Xarita | |
Koordinatalari | 35°30′14.03″N 11°4′19.39″E / 35.5038972°N 11.0720528°E |
Tarixi
tahrirXIII asr tarixchilarining xabar berishicha[3] masjid 909-yildan 934-yilgacha hukmronlik qilgan xalifa Ubaydulloh al-Mahdiy davrida qurilgan[2]. Ayvon va hovlining shimoliy binosidan tashqari, uning hovlisida hech narsa saqlanib qolmagan, ammo 1961—1968 yillarda fransuz arxitektori va tarixchisi loyihasiga binoan bino toʻliq restavratsiya qilingan[3].(Arxeolog Александр Лезин ). Shu bilan birga, bino bundan ilgari ham qayta qurilgan (Ziridlar sulolasi va Usmonli imperiyasi davrida). Zirid davrida qibla mehrobi qulagandan keyin, XI asrda masjidning yangi mehrobi qurilgan, u ham 1960-yillarda qayta tiklangan[3]. Vaholanki, Mahdiyadagi masjid fotimiylarning eng qadimgi masjidlaridan biri edi.
Masjiddan unchalik uzoq boʻlmagan joyda, Usmonli Kebir qal’asi joylashgan hisoblanadi Бордж эль-Кебир XVI asrda qurilgan)[4].
Arxitekturasi
tahrirMasjid meʼmorchiligiga Qayruandagi Uqba masjidining paydo boʻlishi taʼsir koʻrsatgan[5]. Masjid binosi toʻrtburchak shaklda boʻlib, devorlari qalin va mustahkam qilib qurilgan, uzunligi taxminan 75 metr va eni 55 metr[3]. Taxminlarga koʻra, masjidning minorasi boʻlmagan va azon ovozi devor burchaklaridagi minoralarning biridan eshitilib turgan. Masjidning ayvonchasi Rim zafar arklarini eslatadi, u taqa shaklida boʻlib, har ikki tomonida mehrobga oʻxshash oʻyiqlar boʻlib, tekis arklar bilan bezatilgan.
Masjidning shimoliy galereyasidagi arklar uchli, qolganlarida taqa shaklida qilingan[3]. Qayta tiklangan mehrob ustidagi gumbaz ikki ustun va gumbaz bilan mustahkamlangan.
Musulmon meʼmorchiligiga taʼsiri
tahrirX asrning asl binosidan saqlanib qolgan Mahdiyadagi Katta masjidning ayvonchasi Magʻrib diniy meʼmorchiligi yodgorliklarining birinchisi hisoblanadi[2]. Uning Fotimiylar yodgorliklarining o‘ziga xos xususiyati hisoblangan tekis ravoqlar bilan bezatilganligi Ziridlar sulolasi uchun meros bo‘lib qolgan[3]. Bundan tashqari, Mahdiyadagi masjidning arxitekturasi Misr masjidlarining, xususan, al-Hakim va Мечеть аль-Акмар masjidlarining tashqi koʻrinishiga taʼsir koʻrsatganligi taʼkidlangan Qohirada[3].
Fototasvirlari
tahrir-
X asrdagi asl ayvonning tashqi ko'rinishi.
-
Katta masjid tasvirlari.
-
Hovli.
-
Masjid hovlisida xufton namozi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Great Mosque of Mahdia“. dla.library.upenn.edu. Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Qantara - Great Mosque of Mahdiyya“. www.qantara-med.org. Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 „Discover Islamic Art - Virtual Museum - monument_ISL_tn_Mon01_21_en“. islamicart.museumwnf.org. 2021-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.
- ↑ „Mahdia | Tunisia“ (en). Encyclopedia Britannica. 2019-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-dekabr.
- ↑ {{{заглавие}}}.