Katta Qaʼni koʻchasi (Toshkent)
Katta Qaʼni koʻchasi — Chilonzor va Uchtepa tumanlari hududini birlashtiruvchi asosiy koʻchalardan biri. Foziltepa va Al-Xorazmiy koʻchalari oraligʻida joylashgan. Uzunligi 4 km atrofida.
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman |
Chilonzor Uchtepa |
Uzunligi | 4 km |
Koʻchada joylashgan binolar | Chilonzor 20-, 26-mavzelari |
Toshkent zilzilasidan soʻng aholini uy-joy bilan taʼminlash maqsadida poytaxtning janubiy-gʻarbida 1968-yil tashkil topgan. 1990-yil 14-mayda Katta Qaʼni nomi berilgan. Koʻcha nomi joyda mavjud boʻlgan avvalgi Katta Qaʼni qishlogʻi va hozirda shu nomdagi mahalla nomi bilan uygʻunlashtirilgan (qishlogʻi „Katta Qaʼni“ mahallasi)[1].
Koʻcha yoʻnalishida Chilonzor 20-, 26-mavzelari, Chilonzor tumaniga qarashli „Tinchlik“, „Sharq tongi“, „Xayrobod“, Uchtepa tumaniga qarashli „Katta Qaʼni“, „Nurobod“ va „Qoziguzar“ mahallalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, maktab va bogʻchalar, savdo majmualari, aholiga servis xizmat koʻrsatish shoxobchalari, marshrut taksilarning boshbekatlari joylashgan. Lutfiy koʻchasi bilan kesishgan. Zargarlik va Izza koʻchalari bilan tutashgan. Koʻcha boʻylab jamoat transporti harakati yoʻlga qoʻyilgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.