Katta Shoʻr koʻl - AQShning gʻarbiy qismidagi oqmas koʻl. Katta Havza togʻligida, 1282 m balandlikda joylashgan. Pleystotsen davridagi chuchuk suvli Bonnevill koʻlining qoldigʻi. Koʻlga Ber, Uiber, Jordan daryolari quyiladi. Maydoni yogʻin miqdoriga koʻra, 2500 dan 6000 km2 gacha oʻzgarib turadi. Shoʻrligi koʻlda suv koʻpayganda 137%" dan, suv kamayganda 300%s gacha. Chuq. 15 m gacha. Glauber va osh tuzlari olinadi. K.ning sharqiy sohilida Solt-Leyk-Siti, Ogden sh.lari joylashgan. Koʻlni Jan. Tinch okean temir yoʻl (40 km uzunlikdagi damba orqali) kesib oʻtadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil