Katta Zond orollari - Maloy arxipelagiiint asosiy qismi. Mayd. 1,4 mln. km2. Tarkibida Sumatra, Java, Kalimantan, Sulavesi o.lari bor. Katta Zond orollarida Indoneziyaning katta qismi, Malayziya va Bruneyning bir qismi joylashgan. Relyefi togʻli, bal. 4101 m gacha (Kinabalu togʻi). Faol vulkan harakatlari boʻlib turadi. Oʻsimligi, asosan, ekvatorial oʻrmonlardan iborat. Qalay rudasi va neftning yirik konlari bor. Tropik dehqonchilik bilan shugʻullaniladi.[1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil