Kauka
Kauka (ispancha: Río Cauca) — Kolumbiyadagi daryo, Magdalena daryosining chap irmogʻi. Uzunligi 1350 km, havzasining mayd. 80 ming km2 chamasida. Markaziy Kordilyera togʻlaridan boshlanib, shim.da Markaziy va Gʻarbiy Kordilyera togʻlari oraligʻidagi chuqur tektonik vodiydan oqadi. Antokii togʻ massivini kesib oʻtib, ostona va sharsharalar hosil qiladi, soʻngra Karib boʻyi pasttekisligidagi keng vodiydan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 2000 m3/sek. Kali sh.dan Kartago sh.gacha va Antokiidan quyilish joyigacha (jami 620 km masofada) kema qatnaydi.[1]
Kauka | |
---|---|
[[Tasvir:|250px|]] | |
Tavsif | |
Uzunligi | |
Suv sarfi | m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Kolumbiya |
Kauka |
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |