Kauzalgiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kauzalgiya (yun. kausus — achishuv, lovillashuv va algos — ogʻriq) — periferik nerv tolalari jarohatlanganda (xususan, oʻtkir narsa bilan qisman kesilgandan soʻng) chidab boʻlmaydigan darajada azob beruvchi ogʻriq. Ogʻriq zoʻridan kishi kechayu-kunduz tinim bilmaydi, jarohatlangan aʼzosini avaylab, oʻzini qoʻyarga joy topolmay bezovtalanadi. Oʻqtekkan jarohat (mas, quymich nervi va uning oyokdagi tarmoqlari, oʻrtalik nerv bilan tirsak nervining qoʻldagi tarmoqlari) chandiq-lanib bitganda, nevroma vujudga kelganda kuzatiladi. Shikastlangan qoʻl yoki oyoqning tomirdan oziqlanish faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. D a v o s i . Ogʻriq qoldiruvchi dorilar, ganglioblokatorlar, shuningdek, fizioterapevtik muolajalar buyuriladi; bular naf bermasa, jarrohlik usuli qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |