Kavasaki
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kavasaki — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o.da. Kanagava prefekturasida. Aholisi 1,2 mln. kishi (1995). Tokio va Yokohama sh.lari bilan Kanto industrial rayoni markazini tashkil etadi. Tokio qoʻltigʻidagi dengiz porti (yillik yuk ortib tushirish 80 mln. t). Yaponiyaning eng katta kemasozlik va kema taʼmirlash markazi. Mashinasozlik (elektronika, telekommunikatsiya uskunalari, vakuum priborlari), qora va rangli metallurgiya, avtomobilsozlik, ogʻir energetika mashinasozligi, yengil va oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, neft-kimyo kombinati, etilen zavodlari, issiqlik elektr st-yasi bor. Sement, oʻtga chidamli materiallar, atom sanoati uchun uskunalar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi.[1]
Manbalar
tahrir