Kavkaz qoʻriqxonasi - Bosh Kavkaz tizmasining gʻarbiy qismida, RF Krasnodar oʻlkasida. Mayd. 263,4 ming ga, shu jumladan, 170,9 ming ga oʻrmonlar, 1196 ga suv havzalari. 1924-yilda suv muhofazasi va yirik tuyoqli hayvonlar sonini tiklash maqsadlarida tashkil qilingan. 1978-yil dan biosfera qoʻriqxonasi. K. q. ning asosiy maydoni (263 ming ga) baland togʻli hududlarda joylashgan (eng yuqori nuqgasi Saxvoa togʻida — 3345 m). Oʻsimlik va hayvonot olami Oʻrta dengiz, Yevropa shimoli, Oʻrta Osiyo namunalaridan shakllangan. K. q. florasida daraxtlar va butalarning 170 turi, sut emizuvchilarning 70 turi, qushlarning 225 turi (152 turi in qoʻyib, joʻja ochadi) bor. Oq qaragʻay, qora qayin, 900 m balandlikkacha dub, grab, nok, olma, joʻkava b. oʻsadi. Tur, serna, kiyik, bugʻu, chiyaboʻri, boʻrsiq, yovvoyi choʻchqa, qoʻngʻir ayiq, suvsar, kavkaz quri va b. yashaydi.

K. q. tarkibiga Qora dengiz boʻyida, Sochi sh. yaqinida uchlamchi davr yodgorliklari boʻlgan Xosta tise va shamshod daraxtzorlari (306 ga) ham kiradi.

Adabiyot

tahrir
  • Xoxlov A. M., Solodko A. S, Kavkazskiy gosudarstvenniy biosferniy zapovednik, Krasnodar, 1982.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil