Kavkazning Qora dengiz qirgʻogʻi

Kavkazning Qora dengiz qirgʻogʻi yoki Kavkaz Rivierasi — Qora dengizning sharqiy qirgʻogʻi boʻylab Kavkaz togʻlari ostida joylashgan. Kavkazning Qora dengiz qirgʻogʻi Rossiyaning Novorossiysk shahridan Gruziyaning Sarpi shahrigacha boradi. Hudud beshta mintaqaga boʻlingan, ulardan toʻrttasi (Adjara, Guriya, Samegrelo va Abxaziya) Gruziyada, bittasi (Krasnodar oʻlkasining Qora dengiz qirgʻogʻi) esa Rossiyada joylashgan. Kavkazning Qora dengiz qirgʻogʻining uzunligi 600 km (370 mil), shundan 350 km (220 mil) Rossiyaga, 250 km (160 mil) esa Gruziyaga toʻgʻri keladi. Qirgʻoq Fransiya Rivierasi, Italiya Rivierasi, New York shahri va Koreya yarimoroli bilan bir xil kenglikda joylashgan.

Batumi koʻchalari

Tarixi

tahrir
 
Sochidagi „Kavkaz Rivierasi“ kurorti (1909-yil)

Kavkazning Qora dengiz qirgʻogʻi qadim zamonlardan beri mavjud boʻlgan. Mintaqa klassik antik davrda Kolxida deb nomlangan.

19-asr oxirida rus zodagonlari orasida mashhurligi oshganidan keyin Kavkazning Qora dengiz qirgʻogʻi sayyohlar uchun turistik markazga aylandi. Sovet davrida, uning SSSR aholisi orasida turistik joy sifatida mashhurligi sababli Sovet Rivierasi deb ham nomlangan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin esa Kavkaz Rivierasi (Kavkazning Qora dengiz qirgʻogʻi) Abxaziyadagi urush va mintaqadagi umumiy iqtisodiy beqarorlik tufayli oʻz mashhurligini yoʻqotdi. Bugungi kunda esa Qora dengizning Sharqiy qirgʻogʻi asta-sekinlik bilan tiklanayotganiga guvoh boʻlishimiz mumkin. Batumini yangilanishi hamda 2014-yil Sochida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlari Kavkazning Qora dengiz qirgʻogʻining mashhurligi oshishiga katta yordam berdi[1].

Iqlimi

tahrir
 

Novorossiyskdan Tuapsegacha yanvarning oʻrtacha harorati 3 °C (37 °F), iyulniki esa 23 °C (73 °F). Tuapse janubida togʻlar dengiz sathidan 1 000 metrdan baland koʻtarilganligi sababli iqlim nam subtropik hisoblanadi. Togʻlar Qora dengiz namligining sharqqa siljishiga yoʻl qoʻymaydi, bu esa yanvarda oʻrtacha harorat 5 °C (41 °F), iyulda esa 28 °C (82 °F) boʻlgan mikroiqlimni yaratadi. Tuapsening shimolida oʻrtacha yogʻingarchilik yiliga 500 mm (20 dyuym) ni tashkil etadi[2]. Oʻrtacha quyosh nuri 2200-2400 soatni tashkil etadi hamda yoz davomida oʻrtacha 12 kun yomgʻirli boʻladi.

Gallereya

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir