Kavsh qaytaruvchilar

(Kavshovchilardan yoʻnaltirildi)

Kavsh qaytaruvchilar, kavshovchilar (Ruminantia) — juft tuyoqli sut emizuvchilar kenja turkumi. Koʻpchiligining oshqozoni toʻrt boʻlim: katta qorin, tur qorin, qatqorin va shirdondan iborat; baʼzi bir kavsh qaytaruvchilarda qatqoriga kirmaydi. Yaxshi chaynalmagan oziq katta qoringa, bu yerda maydalanib, toʻr qoringa va soʻngra qayta chaynash uchun ogʻizga qaytariladi. Kavsh qaytaruvchilarda oziq tishlar jagʻda chuqur oʻrnashgan, yuqori jagʻida kurak tishlar yoʻq. Oyoqlarining 3– va 4– barmoqlari ancha kuchli rivojlangan. Kavsh qaytaruvchilar 5 oila 76 urugʻga mansub 180 turni oʻz ichiga oladi. Kavsh qaytaruvchilarning yovvoyi turlari. Avstraliya, Madagaskar va Antil orollaridan tashqari, hamma yerda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda muflon, alqor, saygʻoq, jayran, morxoʻr va b. uchraydi. Xoʻjalikda katta ahamiyatga ega; asosiy chorva mollari sifatida goʻshti va suti uchun boqiladi; yovvoyi turlari goʻshti va terisi uchun ovlanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil