Kegeyli kanali - Qoraqalpogʻiston Respublikasida qurilgan irrigatsiya inshooti. Amudaryodan boshlangan Hizketgen kanalinish chap tarmogʻi (Qizketgen kanali 25 km da Quvanish-jarma va Kegeyli kanaliga ajraladi). Uz. 56 km. Suv oʻtkazish imkoniyati 115 m³/sek. 1935 yilda ishga tushirilgan. Keyingi yillarda kanal toʻliq rekonstruksiya qilinib, 1963 yilda kanalning 36-kmda Mayyob va 55-kmda Beshyob gidrouzellari qurildi. Kegeyli kanalidan Yestekjap, Qorasiyroq, Shohariq va boshqalar kichik kanallarga suv beriladi. Suv kamayib ketgan yillarda Kegeyli kanaliga Qattiqoqar kanalining eski oʻzani orqali Amudaryoda qurilgan nasos stansiyasi yordamida suv uzatiladi (5–6 m³/s). Kanal suvi bilan Kegeyli va Chimboy tumanlarida 30 ming ga yer sugʻoriladi, yangi yerlarni oʻzlashtirish imkoniyatini beradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil