Kelli Garner
Kelli Brianne Garner[1] (1984-yil 11-aprelda tugʻilgan)[2] – amerikalik aktrisa boʻlib, turli mustaqil va asosiy filmlar, televideniye va teatr asarlarida rollar ijro etgan.
Kelli Garner | |
---|---|
Tavalludi |
Kelli Brianne Garner 11-aprel 1984-yil |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 2000-hozirgacha |
Janubiy Californiada tugʻilgan Garner oʻn yetti yoshida Larriy Clarkning Bully (2001) triller filmida oʻz debyutini amalga oshirgan, soʻngra Martin Scorsesening Aviator (2004) filmida Faith Domergue obrazini gavdalantirgan. 2005-yilda u New York sahnasida Dog Sees God. pyessasining Broadwaydan tashqari spektaklida dastlabki sahna rolini ijro etadi. Keyingi bir necha yil davomida Garner Thumbsucker (2005) mustaqil filmida, Man of the House (2005) komediyasida hamda Lars and the Real Girl komediya-dramasida (2007) bosh rollarni ijro etgan. 2008-yilda teatrga qaytgan aktrisa Dianne Wiestga bilan birgalikda The Seagull spektaklida ishtirok etgan.
Yoshligi
tahrirGarner 1984-yilning 11-aprelida Californiyaning Bakersfield shahrida tugʻilgan[3] va oilasi Thousand Oaksga joylashgunga qadar bolalik davrlariini Newbury Park oʻtkazgan[4]. Aktrisa oʻzini „uyatchan“ yosh qiz boʻlganman. deya taʼriflagan boʻlsa-da, doʻstining bariga ashrif buyurganida isteʼdodlar bilan ishlovchi agentning eʼtiborini tortadi. Shu bahonada, keyinchalik, Eggo reklama roligida oʻzini namoyon etadi[4]. Thousand Oaks oʻrta maktabida talaba boʻlgan paytlarida 2000-yili rejissor Mike Millsning Architecture of Assurance qisqa metrajli filmida rol oʻynagan[4]. Garner oʻrta maktabda iqtidorli sportchilardan boʻlgan va u aktrisa sifatida ishlashni boshlashdan oldin sport sohasida oʻzini sinab koʻrishni rejalashtirgan[4].
Faoliyati
tahrirGarner 2000-yilda Time Share televizion filmida ikkinchi darajali rolni ijro etgan. Aktrisa ushbu rolidan bir nechta qisqa metrajli filmlarda suratga tushgan. 2001-yilda u Larri Klarkning munozarali jinoiy triller Larry Clark (2001) filmida rol oʻynagan boʻlib, unda u oʻz tengdoshlaridan birini doʻstlari bilan uyushtirilgan qotillikda oʻldirgan, yosh, oʻspirin Heather Swallersni tasvirlagan; Mike Millsrning Architecture of Assurance qisqa metrajli filmidagi ijrosini koʻrganidan soʻng Garnerni filmda suratga tushishga rozi boʻladi[5]. 1993-yilda Bobby Kentning oʻldirilishi haqidagi haqiqiy hayotga asoslangan filmdagi roli uchun tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi[6].
Filmografiyasi
tahrirYil | Sarlavha | Rol | Rejissor (lar) | Mnb. |
---|---|---|---|---|
2001 | Bully | Heather Swallers | Larry Clark | [7] |
2002 | Love Liza | Huffer Girl | Todd Louiso | |
2002 | Hometown Legend | Josie | James Anderson | [8] |
2002 | Outside | The Girl | Jeff Mahler | |
2004 | The Aviator | Faith Domergue | Martin Scorsese | [7] |
2005 | The Toast | Bride | Kevin McDermott | |
2005 | Thumbsucker | Rebecca | Mike Mills | [7] |
2005 | Man of the House | Barbara 'Barb' Thompson | [7] | |
2005 | London | Maya | Hunter Richards | [7] |
2005 | Piggy Banks | Archer | Morgan J. Freeman | [8] |
2006 | Dreamland | Calista | Jason Matzner | [9] |
2006 | Return to Rajapur | Samantha Hartley / Samantha Doyle | Nanda Anand | [8] |
2007 | Normal Adolescent Behavior | Billie | Beth Schacter | [7] |
2007 | Lars and the Real Girl | Margo | Craig Gillespie | [7] |
2008 | Red Velvet | Linda | Bruce Dickson | |
2009 | Taking Woodstock | VW Girl | Ang Lee | [7] |
2009 | G-Force | Marcie | Hoyt Yeatman | [7] |
2010 | Going the Distance | Brianna | Nanette Burstein | [7] |
2011 | The Lie | Brianna | Joshua Leonard | [7] |
2014 | Horns | Glenna Shepherd | Alexandre Aja | [7] |
2015 | Americana | Kate | Zachary Shedd | [8] |
2015 | One More Time | Corinne | Robert Edwards | |
2019 | Godzilla: King of the Monsters | USS Argo Officer Cross | Michael Dougherty |
Manbalar
tahrir- ↑ „Kelli Garner“. Ask Men. 2016-yil 14-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-oktabr 2015-yil.
- ↑ „Today's Girl: Kelli Garner“. Maxim.com (22-iyul 2009-yil). 2014-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2014-yil.
- ↑ „Today's Girl: Kelli Garner“. Maxim.com (22-iyul 2009-yil). 2014-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2014-yil.„Today’s Girl: Kelli Garner“. Maxim.com. July 22, 2009. Archived from the original on September 5, 2014. Retrieved August 27, 2014.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 Dransfeldt, Jeffrey. „Kelli Garner of T.O. reaches for intriguing film roles“. Ventura County Star (20-yanvar 2008-yil). 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2015-yil.
- ↑ Dransfeldt, Jeffrey. „Kelli Garner of T.O. reaches for intriguing film roles“. Ventura County Star (20-yanvar 2008-yil). 2019-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-oktabr 2015-yil.Dransfeldt, Jeffrey (January 20, 2008). „Kelli Garner of T. O. reaches for intriguing film roles“. Ventura County Star. Archived from the original on September 9, 2019. Retrieved October 27, 2015.
- ↑ Ebert, Roger. „Bully Movie Review“. Chicago Sun-Times (20-iyul 2001-yil). Qaraldi: 26-oktabr 2015-yil.
- ↑ 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 7,10 7,11 „Kelli Garner Credits“. TV Guide. Qaraldi: 2019-yil 9-sentyabr.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 „Kelli Garner Filmography“. AllMovie. Qaraldi: 9-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Unscripted: Dreamland - Kelli Garner & Justin Long - Full Interview“. AOL (2006). Qaraldi: 9-sentabr 2019-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Kelli Garner haqida turkum mavjud |