Kemaning so‘nggi nafasi
Kemaning soʻnggi nafasi ― Paldiski shahrining markazidagi yodgorlik boʻlib, mashhur haykaltarosh Amandus Adamson (nusxa muallifi estoniyalik haykaltarosh Rene Reinumäe)tomonidan yaratilgan.
2013-yilda u baxtsiz joylashuv tufayli oʻrnatilgan joyidan olib tashlanadi. Biroq shahar hokimiyati yodgorlikni boshqa joyga oʻrnatishga vaʼda bergan[1].
Tarixi
tahrirFuqarolar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, bu haykalni haykaltaroshning tugʻilgan joyi Paldiskida oʻrnatishga qaror qilinadi. Paldiskida haykaltarosh Amandus Adamsonning haykallaridan birini oʻrnatish gʻoyasi 2006-yilda paydo boʻlgan.
2013-yilda yodgorlik oʻz joyidan olib tashlangan. Rasmiy bayonotlarga koʻra, haykalni olib tashlanishiga uning mustahkam qilib oʻrnatilmaganiligi va yaxshi joyda joylashmaganligi sabab qilingan. Ob-havo sharoiti tufayli yodgorlik vayron boʻlganligi va bundan tashqari, bolalar maydonchasidan unchalik uzoq boʻlmagan joyda joylashganligi ham haykalning olib tashlanishiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
Tavsifi
tahrirHaykaltarosh Amandus Adamsonning eng mashhur allegorik asari „Kemaning soʻnggi nafasi“ (1899-yilda haykal yasalgan , 1926-yilda muallif unga marmardan qayta shakl bergan) Bu haykalda ayolning goʻzal qiyofasi tasvirlangan boʻlib — tabiat, inson, goʻzallik, orzu, umid madhiyasi timsolini koʻrish mimkin. Biroq, kema hayoti ham inson hayoti ham abadiy emas: yelkanlar zaiflashadi, ustun va bortlar sinadi. Umid eng oxirida oʻladi, soʻngra uning tanasi dengizga gʻarq boʻladi. Inson taqdiri va dengizning birligi tomoshabinni chuqur va qaygʻuli oʻyga soladi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirHavolalar
tahrir
- A. Adamson. Buyuk Sovet Entsiklopediyasida „kemaning soʻnggi nafasi“.
- „Kemaning soʻnggi nafasi“ — Amandus Adamsonning soʻnggi haykallaridan biri Paldiskiga oʻrnatiladi
- Bu boshqa Paldis. (Sirli loyiha. Deyarli detektiv hikoya) (Wayback Machine saytida 2016-06-12 sanasida arxivlangan)
- Oʻyin maydonchasida Paldislarda yalangʻoch haykal qoʻyilgan (Wayback Machine saytida 2014-01-16 sanasida arxivlangan)
- Rossiya Federatsiyasining Davlat Ermitaji, model A.-G. Adamson 1899-yil.