Kena
Kena (kechua quena-quena[1]) — Janubiy Amerikaning togʻli hududlari — Peru, Boliviya, Chili shimoli, shimoliy va shimoli-gʻarbiy Argentina, Ekvador, Kolumbiya, Venesuela, Gviana[1] hindularining uzunchoq nayi.
Tarix
tahrirEramizdan avvalgi IX-II-asrlardagi Chavin madaniyati davridan maʼlum. U hayvon va inson suyaklaridan, oltin va kumushdan, loydan yoki qovoqdan yasalgan, hozir, asosan qamish[1] va bambukdan yasaladi.
Tavsif
tahrirAsbobning uzunligi 25-70 sm.Teshiklar soni 5-6 ta (kamdan-kam hollarda 8 ta), boshmaldoq uchun qarama-qarshi tomonda yana bitta teshik bor. Tovushqator ikki oktavada xromatikdir. Teshikni toʻliq yopmasdan asosiy tovushqatorning pogʻonalarini oʻzgartirishga erishiladi.
Kechua, Aymara va metis xalqlari musiqasida pentatonik ohanglarni ijro etish uchun ishlatiladi. Kena, asosan, erkaklar tomonidan yakkaxon yoki ansamblda chalinadi. Masalan, kena-kena, vayno, baylecito, karnavalito, kacharpari, kueka, takuirari va boshqa raqslarga bombo yoki kaha nogʻorali ikkita kena joʻr boʻladi.[2] Uch kenadan iborat (pusifia yoki mukululos)[1].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- „Кена“, Музыкальные инструменты. Энциклопедия. М.: Дека-ВС, 2008 — 252-bet.