Kenesari Qosimov
Kenesari Qosimov, yoki Kenesari Qosimuli, Kenesari Xon (qozoqcha: Кенесары Қасымұлы) Qozoq xonligining oxirgi xoni, Ablay xonning nabirasi, Chingizxon urugʻidan boʻlgan[1].
Zamonaviy Qozogʻistonda Kenesari Qosimov 1837—1847-yillarda Rossiya imperiyasiga qarshi qozoqlarning milliy ozodlik harakatining rahbari sifatida davlat darajasida hurmatga sazovor shaxs boʻlgan. Sovet tarixshunosligida Qosimov Qozogʻistonni Rossiyadan ajratishga qaratilgan reaksion feodal-monarxistik harakatning rahbari sifatida tavsiflanadi[2].
Biografiyasi
tahrirKenesari Qosimovning otasi Qosim Sultonning (Qosim Toʻra) onasi jungʻor xonligidan Galdan-cherenning qizi boʻlgan. Qosim Sulton olijanob va badavlat Chingizxon urugʻidan boʻlganligi sababli uning bir necha xotinlari va koʻplab avlodlar boʻlgan. Uning katta xotini Aykumis Qosimning Sarjon, Yesengeldi, Koshek, Ogʻatoy, Bopay va Kenesari ismli 6 nafar farzandlari boʻlgan. Kenesarining singlisi Bopay hamda Qosim Sultonning 2-xotinidan tugʻilgan, Kenesarining ukasi Botir Naurizboy ham qoʻzgʻolonda faol qatnashgan[3].
Kenesari qoʻzgʻoloni
tahrirXVIII asrda Rossiya imperiyasining qozoq juzlariga taʼsiri yanada kuchayadi. 1731-yilda Kichik Juz xoni Abulxayrxon Rossiya imperiyasini tan oladi. 1740-yilda Oʻrta juz xoni Ablay xon ham Rossiya fuqaroligini qabul qiladi. Keyingi barcha xonlar Rossiya hukumati tomonidan tayinlanadi. XVIII—XIX asrning birinchi yarmida rus istehkomlarining chegaralari asta-sekin dashtga chuqurroq kirib boradi. Viloyatni nazorat qilish uchun Orenburg, Petropavl, Semey va boshqa istehkomlar quriladi.
Kenesari Sulton boshchiligidagi qoʻzgʻolon 1837—1847-yillarda uyushtirilib, ushbu qoʻzgʻolon milliy ozodlik xarakteriga ega edi. Qoʻzgʻolon, asosan, mustaqil boʻlmagan viloyatlarning, shuningdek, Rossiya tarkibiga kirmagan yerlarning mustaqilligini saqlab qolishga qaratilgan edi. Kenesari Qosimov boshchiligidagi qoʻzgʻolon nafaqat qozoq yerlarining imperialistik Rossiya tomonidan mustamlaka qilinishini toʻxtatish, balki Turkston qozoqlarini Qoʻqon hukmronligidan ozod etishni ham maqsad qilgan edi.
Kenesari Rossiyadan Ablay xon davrida qozoq davlatchiligining mustaqilligini tiklashni, soliqlarni bekor qilishni va harbiylar tomonidan bosib olingan qal’alarni olib chiqishni talab qiladi. Shu maqsadda gʻarbiy Sibir general-gubernatori va Rossiya podshosi Nikolay II ga xat yoʻllash uchun yuborilgan Kenesari Qosimovning vakillari asirga olinib jazolanadi.
Kenesari Qosimov boshchiligida 1837—1847-yillarda uyushtirilgan qoʻzgʻolonda uch juzli qozoqlar faol ishtirok etadilar. Qoʻzgʻolon paytida otryadlarga Kenesarining ukasi va uning sodiq sherigi Botir Naurizboy Qosimov boshchilik qiladi. 1838-yilning may oyida Sulton Kenesari otryadlari Akmolinsk Prikazini egallab oladilar[4][5].
Oʻlimi
tahrirKenesari Qosimov rus qoʻshinlarini magʻlub eta olmasligini anglagach, amnistiyani qabul qiladi va qirgʻizlarning Qoʻqon xonligiga qarshi kurashiga qoʻshiladi. 1847-yilda Qosimov Qirgʻizistonda kechgan jangda halok boʻladi[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Kazakhstan. National encyclopedia
- ↑ Kenesari Kasimov // Bolshaya sovetskaya ensiklopediya : [v 30 t.] / gl. red. A. M. Proxorov. – 3-e izd. – M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1969—1978.
- ↑ Kazaxstan. Natsionalnaya ensiklopediya, 2004
- ↑ Rabota Ye. Bekmanxanova „Vosstanie xana Kenesari“, s. 17
- ↑ Vosstanie 1837—1847 gg. pod rukovodstvom xana Kenesari
- ↑ Olcott, Martha „The Russian Conquest“, . The Kazakhs. Hoover Institution Press, 1995 — 65-bet.