Kenesboy Allambergenov (qoraqalpoqcha: Кенесбай Алламбергенов, 1954-yil, Qoraoʻzak tumani, Qoraqalpoq ASSR — 24-mart 2023-yil Nukus, Qoraqalpogʻiston) — qoraqalpoq yozuvchisi, filologiya fanlari doktori, professor, Berdaq nomidagi davlat mukofoti laureati[1][2].

Hayoti

tahrir

Kenesboy Allambergenov 1954-yili Qoraqalpoq ASSRning Qoraoʻzak tumanida dunyoga kelgan. U dastlab Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlab, „Жеткіншек“ gazetasida ishladi. Keyinchalik faoliyatini „Amudaryo“ jurnali, Nukus pedagogika instituti, „Ilm va jamiyat“ jurnalida bosh muharrir, oʻqituvchi, kafedra mudiri, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida davom ettirdi[2].

Mukofotlari

tahrir

„Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq yozuvchisi“ — 2018-yil[3].

Manbalar

tahrir