Kengurular (Macropododae) — xaltali sut emizuvchilar oilasi. Tanasining uz. 25—160 sm, dumi 15—105 sm, ogirligi 1,5—90 kg . 55 tacha turni birlashtirgan 15—17 urugʻi bor. Avstraliya qitʼasida, Yangi Gvineya va Tasmaniya o.larida. Bismark arxipelagida tarqalgan. Yangi Zelandiyada iqlimlashtirilgan. Ayrim turlarining dumi kuchli rivojlangan. Orqa oyoqlari oldingisiga nisbatan uzun va kuchli; birinchi barmogʻi yoʻq, 2- va 3-barmoqlari orasida teri pardasi bor. Muskus kengurusi (Hypsiprymnodon mosehatus), vallabi (Wallabia bicolor), chigan kenguru (Macropus gidantica) va b. keng tarqalgan. Aksariyat sakrab (13 m gacha uzunlikka), soatiga 50 km gacha tezlikda harakat qiladi. Dumi yordamida muvozanat saqlaydi. Koʻpchilik turlari yerda yashaydi. Oʻsimlikxoʻr. Yiliga bir marta bolalaydi. Boʻgʻozlik davri 30—40 kun. 1—2 ta jish bola (gigant kenguru bolasi 3 sm cha) tugʻadi. Bolasi urgʻochisining qorin xaltasida 6—8 oy yashaydi. Ayrim turlarining soni koʻp boʻlib, qishloq xoʻjaligiga ziyon keltiradi. Bir qancha turlari goʻshti, moʻynasi uchun ovlanadi; fermalarda boqiladi. Bir necha turining soni qisqarib bormoqda. 9 turi Xalqaro Kizil kitobga kiritilgan. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil