Kengyaylov — Koʻksuv tizmasi tarkibidagi togʻ (Toshkent viloyati). Uning suvayirgʻichidan OʻzR bilan Qirgʻiziston Respublikasi davlat chegarasi oʻtadi. K. jan.-gʻarbda Chopkamish (2680 m), shim.-sharkda Alyom dovonlari (1995 m) oraligʻida. Eng baland joylari jan.-gʻarbda 2758 m, shim.-sharqda 2664 m. K. antiklinal struktura. Quyi karbonning yuqori turne kichik yarusi yotqiziqlari (koʻksuv gorizonti) toʻq kulrang ohaktoshlardan iborat. Togʻ yon bagʻirlarida jigarrang tuproklar tarqalgan. Siyrak archa, yongʻoq, bodom, doʻlana, togʻolcha, oʻt oʻsimliklari oʻsadi. Yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil