Kenjaboy Tilevmurotov
Kenjaboy Tilevmurotov (1929, Qoraqalpogʻiston, Moʻynoq tumani — 1997.17.12, Nukus) — Qoraqalpoq xalq baxshisi (1977). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1969). Xoʻjayli shaqridagi pedagogika bilim yurtini (1948), Nukus pedagogika intini (1954) tugatgan. Gaz tahririyatlarida adabiy xodim, maxsus muxbir, teatrda aktyor, maktabda oʻqituvchi, direktor (1956—60), 1960-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston filiali N.Dovqorayev nomidagi Tarix, til va adabiyot institutida ilmiy xodim. 1976-yildan Qoraqalpogʻiston televideniyesi va radiosi qoshidagi "Muxalles" dutorchilar ansambliga rahbar.
Tilevmurotov baxshilik sirlarini erta oʻrgangan. Unga otasi Tilevmurot baxshi ustozlik qilgan. Kenjaboy baxshi otasidan "Yusuf Ahmad", "Xirmondali", "Sayodxon va Hamro" kabi dostonlarni, koʻplab xalq qoʻshiqlarini oʻrgangan. Xalq doston, terma va qoʻshikdariga oʻziga xos yoʻnalishda kuy bastalagan. Uning musiqiy repertuarida sof cholgʻu kuylari bilan bir qatorda, aytim (norma) kuylarining cholgʻu variantlari ham oʻrin egallagan. Moskva, Toshkent, Olmaota, Ashxobod, Ufa kabi shaharlarda oʻtkazilgan folklor festivallari hamda adabiyot va sanʼat dekadalarida ishtirok etgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1986).
Nasriddin Mamanazarov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |