Kenje Jemil
Jemil Velilya oʻgʻli Kenje (1896-yil, Andreyevskaya viloyati (Qrim), Tavriya guberniyasida tugʻilgan – 1945-yil, Pskent, Toshkent viloyatida vafot etgan; qrim tatarcha: Cemil Velilâ oğlu Kence, Джемиль Велиля огълу Кендже) – sovet qrim-tatar shoiri, folklorshunos va tilshunos sifatida faoliyat koʻrsatgan.
Jemil Velilya oʻgʻli Kenje | |
---|---|
Tavalludi |
1896-yil Andreevskaya volosti, Tavrid viloyati |
Vafoti |
1945-yil Pskent, Toshkent viloyati |
Kasbi | shoir, folklorshunos va tilshunos |
Ijod qilgan tillari | Qrimtatar tili |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi SSSR |
Hayoti
tahrirJemil Kenje Ableshe qishlogʻidagi boshlangʻich maktabda oʻqib, soʻngra Koʻpirlikoy qishlogʻida oʻqishni davom ettirgan. Jemil sheʼr yozishga maktab yillarida qiziqishi orta boshlab, oʻzi mustaqil sheʼr yozishni boshlagan. Tav-Dairdagi madrasada tahsil olib, Qrim-tatar pedagogika kollejiga oʻqishga kirgan. 1934-yilda Simferopoldagi Qrim pedagogika institutini tamomlagan[1]. Jemil oʻqituvchilik faoliyati bilan ham shugʻullangan. Moskvada qrim-tatar tili boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan (1927, 1929, 1934[2]). Shuningdek, Jemil bolalar uchun folklor kitoblarini nashrga tayyorlagan. Ijod ishlari 1930-yillarda „Yosh leninjiler“ jurnalida chop etilgan. „Bala shiirleri“ („Bolalar sheʼrlari“, 1927; 1995) toʻplamining, duradgorlik va dehqonchilik qurollari haqidagi sheʼrlar muallifi[1]. Oʻlimidan soʻng „Yulduz jurnali“da „Turnalar koʻchalar…“ („Turnalar uchib ketadi…“; 1981) va „Chochami toʻrgʻay“ („Chumchuq“; 1993) sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan[2]. 1925-yilda uning arab alifbosida yozgan sheʼrlari „Oʻquv ishlari“ („Maʼrifat masalalari“) jurnalida chop etiladi[3]. U oilasi bilan birga 1944-yilda Qrimdan Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan va oradan bir yil oʻtib vafot etgan[2]. 2020-yilda „Bala shiirleri“ toʻplami rassom Usmon Islyamovning rasmlari bilan qayta nashr etiladi[4].
Adabiyotlar
tahrir- Grafarov B. Djemil Kendje adjayip bala shairi edi // Yildiz. 1981. № 4;
- Bekirov Dj. Belli balalar shairi Djemil Kendje // Yildiz. 1993. № 2;
- Useinov T. Razmishleniya o poezii Krimskogo Xanstva // B._Djemil_Kendje_omyuri_ve_yaratidjiligʼi_Useinov_T. B._Cemil_Kengez_Life_and_Creativity Djemil Kendje: Omyuri ve yaratidjiligʼi: Sb. st. Sf., 2005;
- Deyateli krimskotatarskoy kulturi. (1921—1944 g.): Biobibliograficheskiy slovar / Gl. red. i sost. D. P. Ursu. Sf., 1999; Kʼurtnezir.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Османова Алие. „Библиотечная мастерская «Дюльгер алетлери шай айта»“ (ru). Республиканская крымскотатарская библиотека им. И. Гаспринского (2021-yil 6-aprel). 2021-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Шукурджієв С. В. „Кендже Джеміль“ (uk). Енциклопедія Сучасної України. 2021-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Книжная выставка «Бала шаири Джемиль Кендже» («Детский поэт Джемиль Кендже»)“ (ru). Республиканская крымскотатарская библиотека им. И. Гаспринского (2016-yil 30-avgust). 2021-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Осман Ислямов“ (ru). avdet.org (2021-yil 23-iyun). 2021-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.