Kent (sugʻdcha — uy, xonadon) — ilk va oʻrta asrlarda Turonzaminda joy nomi. Sugʻd | yozuvi va arab geograflari asarlarida kat, k a s, k a n d , "Devonu lugʻotit turk"da kend, ken shaklida keltirilgan boʻlib, dastlab bir yoki bir necha oila yashaydigan, atrofi devor bilan oʻralgan hovlini ang-latgan. Oila yoxud jamoa boshligʻi esa kadxudo (katxudo) deb atalgan. Keyinchalik K. joy (qishloq, sha\ar) nomlarining tarkibiy qismiga aylangan. Sharqiy Turkiston va Eronda ham baʼzi joy nomlari tarkibida K. birikmasi mavjud. Mahalliy hamda arab tarixchi va geograflarining asarlarida, chunonchi Najmuddin an-Nasafiyning "Al-Qand fiy zikri ulamoi Samarkand" ["Samarqand ulamolari xotirasiga doyr qand(dek shirin kitob)"] kitobida Axsikas, Shaljiykas, Kabuzanjakas, Yorkas, Banokas, Boykand, Siyrakas kabi koʻplab qishloq va shahar nomlari qayd etilgan. Ibn Havqalning "Masolik ul-mamolik" asarida esa 40 dan ortik, K. birikmasiga ega joy nomlari keltirilgan. Tarkibida K. soʻzining yuqorida zikr etilgan turli shakllari mavjud qishloq va shaharlar hozir ham saqlanib qolgan. Masalan, Toshkent, Piskent, Vobkent, Panjikent, Chimkent, Mankent, Yorkend.

Adabiyot

tahrir
  • Mahmud Koshgʻariy, Devonu lugʻotit turk, 1—3-j., T., 1960—63; Najmuddin an-Nasafiy, Al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand, T., 2001.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil