Kenyon instituti
Muqaddam Quddusdagi Britaniya arxeologiya maktabi nomi bilan tanilgan. Kenyon instituti I xorijdagi Britaniya tadqiqot instituti bo'lib, mazkur tadqiqot instituti Isroil va Falastindagi gumanitar va ijtimoiy fanlarni tadqiq etadi va qoʻllab-quvvatlaydi. U Levantdagi Britaniya tadqiqotlari kengashining tarkibiga kiradi va unga Britaniya akademiyasihomiylik qiladi.
Asos solingan sanasi | 1919 |
---|---|
Rektori | Toufic Haddad |
Veb-sayti | cbrl.org.uk |
Tarixi
tahrirInstitut 1919-yilda Quddusdagi Britaniya arxeologiya maktabi sifatida tashkil etilgan. Uning tashkil etilishida Londonda joylashgan Falastin tadqiqot jamg‘armasi muhim ro'l o‘ynadi.
Birinchi direktor - britaniyalik arxeolog Jon Garstang sanaladi. Uning ilk talabalaridan biri arxitektor-arxeolog Jorj Xorsfild u keyinchalik Britaniya mandati Transjordanidagi antiqa buyumlar bo'yicha bosh inspektori ham bo'lgan. 1925-yilda Biritaniya arxeologiya talabasi Frensis Turvill-Petre tomonidan Tugba g'orlarida olib borilgan qazilma ishlari paytida tarixiy muhim topilma - Jalilaning bosh suyagini topadi. Garstang rahbarligi ostida BSAJ Falastin tadqiqot jamg'armasi bilan Quddusning Ofel tog'ida qazish ishlarini boshladi.
Garstang 1926-yilda BSAJ(British School of Archaeology at Jerusalem) direktori lavozimidan iste'foga chiqdi. Shundan so'ng, Afinadagi Britaniya maktabida tahsil olgan britaniyalik arxeolog Jon Vinter Krofut maktabning ikkinchi direktori bo'ldi. Toʻqimachilik, hunarmandchilik va botanika boʻyicha taniqli mutaxassis boʻlgan rafiqasi Molli Krofut bilan Jon Krofut Ofel togʻida, Quddusda (1927–1929), Jerashda (1928–1930) va Samariyada (1930–1935) qazilma ishlarini olib bordi.
1998-yilda (BSAJ (British School of Archaeology at Jerusalem) Ammandagi Britaniya Arxeologiya va Tarix instituti bilan Levantdagi Britaniya tadqiqotlari kengashini (CBRL)Council for British Research in the Levant tashkil qilish uchun birlashdi va 2001-yilda Kenyon instituti tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan fanlarning keng doirasini aks ettirish uchun Ketlin Kenyon nomi bilan ular qayta nomlandi. institut CBRL tarkibiga kiradi.[1]
Mashhur shaxslar
tahrirDirektorlar
- Jon Garstang (1919-1926)
- Jon Vinter Krofut (1926–1935)[2]
- PLO Guy (1935–1939)[3]
- Ketlin Kenyon (1952–1966)[4]
- Kristal Bennett (1970–1979)[5][6]
- Jon Donald Uilkinson (1979–1984)[6]
- Mendi Tyorner (2012–2019)[7]
- Toufic Haddad (2020- yildan)[8]
- ↑ „About us | CBRL“. cbrl.org.uk. 2019-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-iyun.
- ↑ „John Winter Crowfoot, 1873-1959“. Profiles. The Palestine Exploration Fund. 2015-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
- ↑ „Lt. Col. Philip Langstaffe Ord Guy, 1885-1952“. Profiles. The Palestine Exploration Fund. 2018-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-iyul.
- ↑ „Kenyon Institute“. Council for British Research in the Levant. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
- ↑ „Crystal-M Bennett“. Women in Old World Archaeology. Brown University. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
- ↑ 6,0 6,1 Pringle, Denys (2017-09-02). "The Revd John Donald Wilkinson (1929–2018)" (en). Levant 49 (3): 233–236. doi:10.1080/00758914.2017.1441222. ISSN 0075-8914. https://www.tandfonline.com/doi/full/10.1080/00758914.2017.1441222.
- ↑ „Mandy Turner“ (en). Jadaliyya. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.
- ↑ „Staff at the Kenyon Institute“. Kenyon Institute. Council for British Research in the Levant. 2017-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-dekabr.