Keratit
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Keratit (yun. keras, keratos — muguz, itis — yalligʻlanish) — koʻz muguz (shox) pardasining yalligʻlanishi. Viruslar (gerpetik K.), baʼzan boshqa mikroorganizmlar qoʻzgʻatadi. Muguz pardaga infeksiya kirishi, yot jismlar tushib shikastlanishi (tirnalish va hokazo), gripp, sil, difteriya kabi infeksion kasalliklar, shuningdek, organizmda vitamin A yetishmasligi ham K.ga sabab boʻlishi mumkin. Tashqi taʼsirotlar keltirib chiqaradigan (ekzogen) va umumiy kasalliklar paydo qiladigan (endogen) K., shuningdek,, yuza (bunda muguz pardaning yuza qismida infiltrat vujudga keladi) va chuqur (bunda muguz parda ostidagi qavatlar ham kasallanadi) K. ajratiladi. K.da bemor yoruqqa qaray olmaydi, koʻz qizaradi, yoshlanadi va sanchib ogʻriydi. K. jiddiy kasallik boʻlib, oʻz vaqtida davolanmasa yoki notoʻgʻri davolansa, koʻzga oq tushishi yoki boshqa ogʻir asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun K.ga xos alomatlar paydo boʻlishi hamon vrachga koʻrinish zarur.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |