Keratozlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Keratozlar (yun. keras — shox, muguz) — teri muguz (shox) qavatining qalinlashuvi bilan kechadigan kasalliklarning umumiy nomi. Bunda teri yalligʻlanmaydi. K.ga muguz qavatning jadal oʻsishi yoki shu qavat hujayralarining bir-biriga qoʻshilib, bitib ketishi sabab boʻladi. Tugʻma, orttirilgan va konstitutsion K. farq qilinadi. Tugʻma K. muguzlanish jarayonining tugʻma kamchiliklariga bogʻliq (ixtioz, keratodermiya). Orttirilgan K.umumiy va mahalliy kasalliklar (gipova avitaminoz), shuningdek, turli zaharlanishlar, nerv va endokrin sistema kasalliklari oqibatida kelib chiqadi. Konstitutsion K. esa bolaga qisman ona qornida, qisman tugʻilgandan keyingi noxush omillar tufayli roʻy beradi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |